IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
372
Yer yuzi aholisining ―milliardlar‖ga yetishi quyidagicha ifodalanadi:
1820 – yil 1 milliard kishi
→
0 – 1820 – yillar: 1820 yil
1927 – yil 2 milliard kishi
→
1821 – 1927 – yillar: 106 yil
1960 – yil 3 milliard kishi →
1928 – 1960 – yillar: 32 yil
1975 – yil 4 milliard kishi →
1961 – 1975 – yillar: 14 yil
1987 – yil 5 milliard kishi →
1976 – 1987 – yillar: 11 yil
1999 – yil 6 milliard kishi →
1988 – 1999 – yillar: 11 yil
2011 – yil 7 milliard kishi →
2000 – 2011 – yillar: 11 yil
2019-yil 1-yanvar ma‘lumotlari bo‘yicha, Yer yuzida 7 669 109 078 kishi
istiqomat qilishi keltirib o‘tilgan.
Shuningdek, har bir hududda aholi soni yillar davomida o‘zgarib turadi:
aholi soni o‘sadi, aholi soni kamayadi. Ma‘lum hududda o‘rganish davri sifatida
olingan yillar hisobida aholining o‘rtacha sonini aniqlash ham alohida ahamiyatga
ega hisoblanadi.
II.3.1. O‟rtacha aholi sonini aniqlash
Aholining ma‘lum yillar oralig‘ida o‘rtacha sonini (Sᵧ) hisoblash uchun faqat
2 muddat oralig‘i bo‘lishi shart emas, ya‘ni buni hisoblashda nechta yil hisobi
olingan bo‘lsa, ularning qiymatlari o‘zaro qo‘shilib, necha yil hisobi bo‘lsa,
shuncha songa bo‘linadi. Bunda ayrim yillari aholi ko‘payib ketgan, ayrim yillari
kamaygan o‘rtacha qiymat esa ularning muvofiqlashtirilgan ko‘rinishi
hisoblanadi. Lekin hisoblashga oson bo‘lishi hamda tushuntirishning qulayligidan
kelib chiqqan holda, ikki muddat oralig‘ini olish maqsadga muvofiq bo‘ladi va
quyidagicha ifodalanadi:
Bu yerda,
Sᵧ= o‘rtacha aholi soni;
Do'stlaringiz bilan baham: |