«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


Download 1.44 Mb.
bet345/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

G

o‟k


=
1000
=

= 0,00799 ∙ 1000 = 7,99 ≈ 8 ‰ 




Javob
: AQShda go‘daklar o‘limi koeffitsiyenti 8 ‰ ga teng, bu esa 
tug‘ilgan har mingta go‘dakdan 8 tasi bir yoshga yetmay vafot etishini ifodalaydi.

Mustaqil yechish uchun topshiriqlar: 




_

32.
Eron Islom Respublikasining 2018-yil bo‘yicha, 81.6 mln kishini 
tashkil qilgan. Shundan bir yoshgacha bolalar soni 1 648 000 tani, bir yoshga
yetmay vafot etgan go‘daklar soni esa 29 664 tani tashkil etsa, go‘daklar o‘limi 
koeffitsiyentini aniqlang.




_

33.
―…Aholisining soni 2018-yil bo‘yicha 126.5 mln kishini, tug‘ilish 
koeffitsiyenti 8 promillega teng bo‘lgan. Shu bilan birgalikda, umumiy aholi
tarkibida bolalar – 14 yoshgacha bo‘lganlar – salmog‘i eng past (12%) 
ko‘rsatkichga ega‖ mamlakat qaysi?


_

34.
Shvetsiya aholisining soni 2017-yil bo‘yicha, 9 913 430 kishini 
tashkil etdi. Agar mamlakatda tug‘ilish koeffitsiyenti 1 ‰, go‘daklar o‘limi
koeffitsiyenti esa 3 promilleni tashkil etganligidan foydalanib, bir yoshga yetmay 
vafot etgan bolalar sonini aniqlang.





IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

371 


II.3. AHOLI SONI VA DINAMIKASI 
Ma‘lumki, insoniyat paydo bo‘lgandan buyon aholi soni ko‘payib, ayrim 

yillari kamayib, qisqasi, doim o‘zgarishda bo‘lib kelgan. Ibtidoiy jamiyat bag‘rida


feodal ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boshladi. Dunyoda sivilizatsiya 
markazlari paydo bo‘ldi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tashkil topa boshladi.
Sodir bo‘lgan ijtimoiy–iqtisodiy o‘zgarishlar aholi o‘rtasida o‘lim hollarining 
kamayishiga, o‘rtacha umr ko‘rish muddatining bir muncha uzayishiga sabab
bo‘ldi. Natijada, dunyo aholisining soni ko‘paya boshladi. Qadimgi Misrda 
fir‘avnlar davrida 7 million, Vavilonda esa 4–5 million aholi yashaganligi ma‘lum.
Eramizning boshida dunyo aholisi 200–250 millionni tashkil etgan hamda ularning 
50 millioni Rim imperiyasida istiqomat etgan. Aholining yana 40–50 million nafari
esa Xitoy va Hindiston hududlarida yashagan. Shimoli–g‘arbiy Yevropada esa 
aholi juda kam 1 million atrofida bo‘lganligi qayd etiladi.
O‘rta asrlarda ham dunyo aholisining soni ko‘payib bordi. Lekin aholining 
ko‘payish sur‘ati nisbatan sekin bo‘lgan. Birinchi ming yillikning oxirida dunyo
aholisining soni 250–300 millionni tashkil etgan bo‘lsa, ikkinchi ming yillikning 
o‘rtalarida bu ko‘rsatkich 400–500 millionga yetgan. Jumladan, Osiyoda – 250
million, Yevropada 65–80 million, Amerikada 30–50 million, sobiq SSSR 
hududida esa 15–20 million aholi istiqomat etgan. Ushbu davrda ba‘zi davrlarda
bosqinchilik, urushlar, xo‘jaliklar izdan chiqishi natijasida aholi sonining kamayib 
ketganligi ham kuzatiladi. Aholi soni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti
davomida o‗sib kelgan. Masalan, eramizning boshlarida 230 mln, 1000-yilda 305 
mln, 1500-yilda 440 mln, 2018-yilda esa 7,62 mlrd kishiga yetgan. Oxirgi ming
yillikda aholining ikki baravar ko‗payishi uchun 600 yil kerak bo‗lgan bo‗lsa, 
ikkinchi marta ikki baravar ko‗payishi uchun 230 yil, uchinchisiga 100 yil va
to‗rtinchisiga 40 yil kerak bo‗lgan.





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling