Erkin Vohidov (1936-2016-yil 30-may) Hayotiga doir muhim ma’lumotlar
Download 17.57 Kb.
|
2 5287770487076686771
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijodiy faoliyati She’rlari
- She’riy toplamlari
- Pyesalari «Oltin devor» •«Istanbul fojiasi» Publitsistikasi
- She’rlaridan namunalar
Erkin Vohidov (1936-2016-yil 30-may) Hayotiga doir muhim ma’lumotlar O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida tavallud topgan. Otasi Cho‘yanboy Vohidov, onasi Roziyaxon davrning obro‘-e’tiborli, ma’rifatli, faol kishilari edilar. Uning otasi Ikkinchi jahon urushidan og‘ir jarohat olib qaytadi va 1945-yili vafot etadi. Bir yildan keyin onasi ham dunyodan o‘tadi. O‘n yoshga yetar-yetmay ham ota, ham onadan ajrab qolgan yosh Erkinni tog‘asi o‘z tarbiyasiga oladi. Toshkentga – tog‘asinikiga kelgan bo‘lajak shoir o‘qishini qunt bilan davom ettiradi. Unda kitobga, adabiyotga havas juda erta uyg‘ondi. 7-sinfda o‘qib yurganida «Mushtum» jurnalida birinchi she’ri bosildi. Erkinjon avval o‘rta maktabda, so‘ng hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetida ta’lim oladi. 1960-yili o‘qishni bitirgach nashriyotlarda muharrir, bosh muharrir, direktor lavozimlarida ishlaydi, yangi tashkil qilingan «Yoshlik» jurnalining oyoqqa turishiga bosh-qosh bo‘ladi. Erkin Vohidov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni va «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi. Ijodiy faoliyati She’rlari «Tong lavhasi» «Kamtarlik haqida» «Buloq» «Sevgi» «Ona tuproq» «Yoshligim» «Barcha shodlik senga bo'lsin» «Vatan istagi» «Sirdaryo o'lani» «Arslon o'ynatuvchi» «Kechir, yo rab!» «Tush» «Yuragingda makon tutgan qul» «Donishqishloq latifalari» (turkum) She’riy to'plamlari «Tong nafasi» (ilkto'plam, 1961) «Yoshlik devoni» (1969) «Yaxshidir achchiq haqiqat» To'rt jildlik saylanma: «Ishq savdosi» «She’r dunyosi» «Umr daryosi» «Ko'ngil nidosi» Dostonlari «Nido» «Orzu chashmasi» «Palatkada yozilgan doston» «Quyosh maskani» «Ruhlar isyoni» Pyesalari «Oltin devor» •«Istanbul fojiasi» Publitsistikasi «Shoir-u she’r-u shuur» Tarjimalari Gyote: «Faust»(1974) Sergey Yesenin: «Fors taronalari» Rasul Hamzatov: «Mening Dogistonim» A.Blok L. Ukrainka M. Svetlov A.Tvardovskiy She’rlaridan namunalar Yaxshidir achchiq haqiqat, Lek shirin yolg'on yomon, Ul shirin yolg'on да mendek Aldanib qolg'on yomon. O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa, Oltin boshning kalla bo'lgani shudir. Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa, Qora sochning malla bo'lgani shudir. O'lmas edi, balki, odamzod, Bo'laredi dunyog a и stun, Aqli bo'lsa jahlidan ziyod, Sabri bo'lsa nafsidan ustun. Nega yapon yuz yil yashar-u, O'zbek buncha yoshga bormaydi? Chunki yapon bizdek qorong'u Sahar turib oshga bormaydi. Download 17.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling