«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet341/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

366 
mumkin ekan. Lekin har bir ayol o‘rtacha 10 – 12 ta tirik farzand ko‘rish, 10 – 15 

marta homilador bo‘lishi (o‘lik tug‘ilishi, bola tashlash holatlari bilan birga)


mumkin.

Tug‘ilish - tirik tug‘ilgan bolalarni ifodalovchi biologik jarayon bo‘lib, u


insonlarning reproduktiv mayl, ya‘ni farzand ko‘rishga bo‘lgan munosabati bilan 
bog‘liqdir. Reproduktiv mayl esa inson yashayotgan ijtimoiy - iqtisodiy muhit
bilan bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Natijada, inson o‘z pushtliligidan, ya‘ni bola 
ko‘rishga bo‘lgan biologik imkoniyatidan to‘la foydalanmaydi. O‘zining bolani
tarbiyalab voyaga yetkazish uchun zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy - iqtisodiy 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda, farzand ko‘rishga harakat qiladi, ya‘ni
farzandlar tug‘ilishini cheklaydi, nazorat qiladi. 
II.2.2. Tug‟ilish koeffitsiyenti 

Tug‘ilish koeffitsiyenti 
har 1000 aholiga nisbatan tug‘ilgan bolalar sonini 
ifodalaydi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
T
k
Bu yerda, 
T
k

= tug‘ilish koeffitsiyenti; 

T = tug‘ilganlar soni;
S = umumiy aholi soni.
Tug‘ilish koeffitsiyenti, odatda, promilleda hisoblanadi. Bu koeffitsiyentdan 
tug‘ilish darajasini ifodalashda ko‘proq foydalaniladi. Uning yordamida ma‘lum
avlodlardagi tug‘ilishda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar umumiy tarzda o‘rganilishi 
mumkin. Lekin tug‘ilish koeffitsiyenti tug‘ilish darajasini ifodalashda biroz
dag‘alliklarga yo‘l qo‘yadi. Chunki bu ko‘rsatkichga aholining yosh va jinsiy 
tarkibi bevosita ta‘sir etadi. Agar o‘rganilayotgan hudud aholi tarkibida farzand
ko‘rish yoshiga yetmagan bolalar (0 - 14) va farzand ko‘rish yoshidan o‘tgan 





IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

367 
keksalar (60 va undan yuqori yoshdagi aholi guruhi) salmog‘i yuqori bo‘lsa, 

tug‘ilish koeffitsiyentining biroz past darajada ifodalanishiga olib keladi.


Demograf olimlar B.S.Urlanis, V.A.Borisovlar tomonidan tug‘ilish 
darajasini tug‘ilish koeffitsiyenti yordamida baholash mezoni aniqlangan.
Umumiy mezon bo‘yicha o‘rganilayotgan hudud yoki aholi guruhida 
tug‘ilish koeffitsiyenti 16 ‰ dan kam bo‘lsa - tug‘ilish darajasi

past
; 16-24 ‰ 
bo‘lsa -

o‘rta
; 25-29 ‰ bo‘lsa – 


yuqori
; 40 ‰ dan baland bo‘lsa - tug‘ilish 
darajasi

juda yuqori
hisoblanadi. 




Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling