IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
360
Aholiga xos bo‘lgan ana shunday xususiyatlarni o‘rganmay turib, har
qanday iqtisodiy geografik muammoni chuqur tahlil qilish va hal qilish qiyin
hisoblanadi.
II.1. AHOLI KATEGORIYALARI
Aholi kategoriyalari deganda, ma‘lum aholi maskanida yashovchi va shu
maskan bilan bog‘liq aholi guruhining umumiy xususiyatlari tushuniladi. Bunda
aholi ro‘yxatidan kelib chiqib, aholi kategoriyalari quyidagicha ifodalanadi:
doimiy aholi – ma‘lum hududda aholi ro‘yxatida turuvchi, uzoq muddat
davomida istiqomat qilib kelayotgan aholi;
vaqtincha aholi – muqim yashash holatida bo‘lmagan va yuridik hujjatlarda
turuvchi aholi;
mavjud aholi – ma‘lum hududda ayni paytda yashayotgan umumiy aholi
soni;
II.1.1. Doimiy aholi sonini hisoblash
Domiy aholi ijtimoiy jihatdan ma‘lum hududda davlat aholi ro‘yxatida
turuvchi va ayni paytdagi aholi hisoblanadi hamda quyidagicha ifodalanadi:
P
S
= S + (T - O‘) + (M
i
- M
e
)
Bu yerda,
P
S
= doimiy aholi soni;
S = oxirgi ro‘yxatga olish ma‘lumoti bo‘yicha aholi soni;
T = oxirgi ro‘yxatga olish muddatidan beri tug‘ilganlar soni;
O‘ = oxirgi ro‘yxatga olish muddatidan beri o‘lganlar soni;
M
i
= oxirgi ro‘yxatga olish muddatidan beri ko‘chib kelganlar soni;
M
e
= oxirgi ro‘yxatga olish muddatidan beri ko‘chib ketganlar soni.
№
_
11
.
O‘zbekiston aholisi 2017-yil 1-yanvar bo‘yicha, 32 120 500 kishini
tashkil etdi
4
. Mamlakatda yil davomida tug‘ilganlar soni 715 500 kishini, vafot
4
O‘zbekiston statistik ma‘lumotlari.
https://stat.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |