IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
352
bilan ulardan foydalanish miqdori o‗rtasidagi nisbat tushuniladi. U tabiiy
resursning necha yillargacha yetishi yoki resurs zaxirasining aholi jon boshiga
qanchadan to‗g‗ri kelishi ko‗rsatkichlari bilan ifodalanadi. Bunda chiqqan
ko‘rsatkichning katta-kichikligiga qarab ta‘minlanganlik aniqlanadi hamda
quyidagicha hisoblanadi:
1)
resursning qancha muddatga yetishini aniqlash:
R
en
=
Bu yerda,
R
en
= resursning qancha muddatga yetishi;
1 = qazib chiqarish hajmi inobatga olinadigan vaqt hisobi (yil);
∑R = jami aniqlangan resurs zaxirasi;
R
d
= yillik qazib chiqariladigan resurs hajmi.
Resurs qancha uzoq muddatga yetsa, ta‘minlanish shuncha yuqori bo‘ladi.
№
_
1
.
O‘zbekistonda 2019-yil jami 4 mln tonna ko‘mir qazib olingan.
Aniqlangan ko‘mir zaxirasi esa 2 mlrd tonnaga teng. Agar qazib chiqarish shu
zaylda stabil holatda ketsa, ko‘mir qancha yilga yetishini toping.
Yechish.
Hisoblashni amalga oshirishda quyidagi usullardan foydalanish
mumkin:
a)
formula usuli:
R
en
=
=
=
= 500 yil
b)
proporsiya qilish usuli:
1 yil ------------------------------ 4 000 000 t
500 yil =
= x --- 2 000 000 000 t
Javob
: Demak, agar O‘zbekistonda yiliga 4 mln tonnadan ko‘mir qazib
chiqarilsa, 500 yilga yetishi mumkin hamda bu ko‘rsatkich ko‘mir bilan
ta‘minlanganlikni ifodalaydi.
2)
aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi tabiiy resurs miqdorini aniqlash:
Do'stlaringiz bilan baham: |