«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet316/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

338 
ishlarini kengayishi Dunyo okeani suvlarining ifloslanishiga, uning bioresurslariga 

salbiy ta‘sir qilib jiddiy ekologik xavfni yuzaga keltirmoqda.


Yoqilg‗i energetika majmuasida IESlari atrof-muhitga zararli modda-lar 
chiqaradi, atmosferaning gaz tarkibini buzadi, suv temperaturasini ko‗taradi, AES
esa atrof-muhitga g‗oyat zararli radioaktiv elementlarni chiqaradi, yoki AES 
lardagi falokat oqibatlari (Ukraina-Chernobil AES dagi avariya) tuzatib bo‗lmas
holatlarni yuzaga keltirishi, juda ehtiyotkorona yondashishni taqozo qilmoqda. 
AESlar nisbatan ―sof‖ bo‗lsa-da, to‗g‗on platinalar, suv omborlari atrof-muhit
relyefiga, o‗simlik va hayvonot dunyosiga, yer osti suvlariga ta‘sir etib, ekologik 
muvozanat buzilishi-ga olib kelmoqda.
Metallurgiya sanoatining rivojlanishi esa resursli hududlar qiyofasi jiddiy 
bo‗zilishidan tashqari atrof-muhitga temir, qo‗rg‗oshin, qalay, mis, simob, surma
va boshqa zararli metall chiqindilari, zarralari va changlarni chiqarib inson 
salomatligiga xavf solmoqda.
Kimyo va neft-kimyo sanoati, o‗rmon-sellyuloza va boshqa sanoat tarmoqlari 
havoni, suvni, tuproq qoplamini turli zararli chiqindilar bilan ifloslantirmoqda.
Ayniqsa, kimyo sanoati korxonalaridagi halokatlar g‗oyat xavfli oqibatlarni yuzaga 
keltirmoqda.
Shuning uchun ham sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va joylashtirishda 
ekologik omilni hisobga olish, tabiiy muhitni muhofaza qilish tamoyillariga amal
qilish, ―chiqindisiz texnologiya‖larni va berk ishlab chiqarish tizimlarini joriy 
qilish g‗oyat muhim ahamiyatga ega.
Qishloq xo„jaligi va ekologik muammolar.
Dehqonchilik 

va
chorvachilikning ming yillar davomida rivojlanishi atrof-muhitga sezilarli ta‘sir 


o‗tkazgan va madaniy landshaftlarni yuzaga keltirgan. Ayniqsa, o‗t dalali
dehqonchilik tizimi Yevropada ko‗plab o‗rmonlarning qirqib yuborilishiga olib 
kelgan bo‗lsa, bugungi kunda ham Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida bu jarayon






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling