IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
340
Yaqin istiqbolda, qishloq xo‗jaligida ilg‗or biotexnologiya, gen injeneriyasi
yutuqlarini qo‗llash yuzaga kelgan ekologik muammolarni yumshatish imkonini
berishi mumkin.
Transport va atrof-muhit muammosi.
Transport tizimining rivojlanib
borishi atmosferaga, o‗simlik va tuproq qoplamiga, okean, dengiz, daryo va yer
osti suvlariga ta‘sir etmoqda, inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazmoqda.
Ayniqsa, quruqlik transporti tizimida avtomobil, temir yo‗l va quvur transporti
o‗ziga xos ravishda atrof-muhitni ifloslantirishga sabab bo‗lishi bilan ajaralib
turadi. Avtomobil transporti is gazi, azot ikki oksidi (NO
2
) va uglevodorod bilan
birgalikda g‗oyat zaharli bo‗lgan qo‗rg‗oshin chiqaradi. Iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlarda atmosfera havosini ifloslanishining 40-50 foizi, shaharlar va shahar
aglomeratsiyalarida, urbanizatsiyalashgan mintaqalarda esa 80 foizi avtomobil
transportiga to‗g‗ri keladi. Mutaxassislar ma‘lumotlariga ko‗ra, 1 ta avtomobil
o‗rtacha yiliga 4 tonna oksigenni havodan olib, tashqi muhitga 800 kg is gazi, 400
kg, azot oksidi va 200 kg zaharli moddalar, shu jumladan uglevodorodlar chiqarib
tashlaydi. Agar, keyingi yillarda ham avtomobillashuv jarayoni tez sur‘atlar bilan
rivojlanishini e‘tiborga olsak, bu g‗oyatda keskin muammolardan biri ekanligi
ayon bo‗ladi. Shuning uchun ham yaqin kelajakda atrof-muhitni eng oz
ifloslantiradigan
muqobil
yoqilg‗i
manba-laridan
foydalanish
xalqaro
avtomobillashuv jarayonining bosh yo‗nalishlaridan biridir. Temir yo‗l transporti
ham atrof-muhitga qattiq zarrachalar chiqarsa, quvur transportida vaqti-vaqti bilan
bo‗lib turadigan halokatlar oqibatida minglab tonna neft va neft mahsulotlari oqib
chiqishi tuproq, o‗simlik va hayvonot dunyosi, yer osti suvlariga, ayniqsa, oqar
suvlarga zarar yetkazib, murakkab ekologik vaziyatni yuzaga keltirmoqda.
Bundan tashqari, avtomobil, temir yo‗l va havo transporti shovqini ham aholi
eshitish qobiliyatiga ta‘sir qilib, turli kasallik va ―stress‖ holatlarni yuzaga
Do'stlaringiz bilan baham: |