«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
347 oshirish, falokatlardan ogohlantirish, ekologik xavf manbalarini boshqa davlatlar hududiga o‗tkazmaslikka chaqiradi. 90-yillarda alohida davlatlar, jahon hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar ―XXI asrga kun tartibi‖ni amalga oshirish bo‗yicha harakatlarni amalga oshirdilar. 2000- yili Nyu-Yorkda Ming yilik Sammiti bo‗lib o‗tdi va unda ―Ming yillik Deklaratsiya‖si qabul qilindi. Ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishish bo‗yicha jahonning barcha mamlakatlarida sa‘y-harakatlar boshlandi. XXI asrga kelib, atrof-muhitga ta‘sir sur‘ati yuqoriligicha qolmoqda. Dunyo okeanining ifloslanishi, cho‗llashish, biologik xilma-xillikning kamayishi, chuchuk suv yetishmasligi va boshqa muammolar tezkor choralar ko‗rishni talab etadi. Aholi sonining o‗sish sur‘atlari yuqoriligicha qolmoqda. Ekologik xavfsiz, barqaror rivojlanish yo‗lidagi sa‘y-harakatlar o‗zining ijobiy natijalarini ham bermoqda. Hozirgi vaqtda tabiat va inson hayotining ekologik xavf ostida qolish jarayoni yanada murakkablashib, mushkullashib bormoqda. Atrof-muhit bilan jamiyat o‗rtasidagi aloqalar muvozanatining buzilishi tabiiy holatga putur yetkazmoqda. Yer yuzi tabiatining barqarorligi, turg‗unligi va uning o‗ziga xos qonunlarini insoniyat tomonidan buzilishining asosiy sabablaridan biri kishilarning atrof-muhit muhofazasi haqidagi bilimlarining yetishmasligi hamda tabiatning kelajakdagi ekologik holatini ko‗ra bilmasliklaridir. Ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash uchun ekologik siyosatga o‗z ta‘sirini ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan vazirliklar, korxona va tashkilot rahbar kadrlarining faoliyatida ijtimoiy-ekologik vaziyatga to‗g‗ri baho berish, uni himoya qilish, saqlash va takomillashtirish kabi tushunchalarni qalbdan his etishni shakllantirish, ya‘ni ularda ekologik muammolarga muhim ijtimoiy-siyosiy ish sifatida qarashni tarbiyalashdir. Ushbu rahbar kadrlarda tabiatni muhofaza qilish muammolarini to‗g‗ri yechish va bashorat qilishni uddalash, yuzaga chiqishi mumkin bo‗lgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling