IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
346
1983-yili BMT Bosh Kotibining tashabbusi bilan Atrof-muhit va rivojlanish
bo‗yicha xalqaro komissiyasi tuzildi. Norvegiya bosh vaziri G.X.Bruntland
boshchiligidagi komissiya 1987-yili ―Bizning umumiy kelajagimiz‖ deb
nomlangan ma‘ruzani e‘lon qildi. Ushbu hujjatda yirik ekologik muammolarni
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muammolardan ajralgan holda hal qilib bo‗lmasligi
bayon qilindi. Komissiya atrof-muhit uchun xavfsiz bo‗lgan iqtisodiy-ekologik
rivojlanish davriga o‗tish zarurligini yoqlab chiqdi. Ma‘ruzada ilk bor jamiyatning
barqaror rivojlanish yo‗liga o‗tishi zarurati rad qilib bo‗lmaydigan xulosalar
asosida isbotlab berilgan.
Barqaror rivojlanish deganda hozirgi avlodlar hayotiy ehtiyojlarini kelgusi
avlodlar ehtiyojlarini qondirishga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladigan
rivojlanish tushuniladi. Barqaror rivojlanish mazmun bo‗yicha ―ekologik
rivojlanish‖ tushunchasiga juda ham yaqindir.
1992-yilning 3-14-iyun kunlarida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida
BMTning Atrof-muhit va rivojlanish bo‗yicha konferensiya bo‗lib o‗tdi. Unda 179
ta davlat rahbarlari, hukumat vakillari, ekspertlar, nodavlat tashkilotlari, ilmiy va
ishbilarmon doiralar vakillari qatnashdilar. Bu vaqtga kelib jahonda olamshumul
voqealar ro‗y berdi. 1991-yili Sharqiy Yevropa va sobiq Ittifoqdagi totalitar
sistema inqirozga uchradi. Jahon urushi xavfi keskin kamaydi va juda katta
moliyaviy resurslardan tinchlik maqsadlarida foydalanish imkoniyati vujudga
keldi.
Bundan tashqari, Konferensiya doirasida Iqlim o‗zgarishi bo‗yicha chegaraviy
Konvensiya va Biologik xilma-xillikni saqlash konvensiyalari tayyorlandi. 27 ta
prinsipdan iborat ―Rio deklaratsiya‖si xalqaro huquqiy hujjat bo‗lib, unga ko‗ra
davlatlar boshqa mamlakatlarning atrof-muhitiga zarar yetkazadigan har qanday
faoliyat uchun javobgarlikni tan olishi, ekologik qonunchilikning samaradorligini
Do'stlaringiz bilan baham: |