IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
447
Ayniqsa, XXI asr ishlab chiqarish va fan-texnikasini elektr-energiyasiz
mutlaqo tasavvur qilish mushkul. Chunki bugungi kunda u juda ko‘p sohalarda
yetakchi omil hisoblanadi. Xususan, elektr-energiya omiliga quyidagilarni misol
qilish mumkin:
1 tonna qalay va 1 tonna titan ishlab chiqarish uchun (titan po‘latdan
bir necha marta yengil va, ayni chog‘da, undan ancha chidamliroq)
40-50 ming kVt/s;
1 tonna magniy ishlab chiqarish uchun 26 ming kVt/s;
1 tonna aluminiy va 1 tonna natriyga 16-19 ming kVt/s;
misni rafinatsiyalash (tozalash) va elektr pechlarida po‘lat eritishda
ularning har bir tonnasiga 8-10 ming kVt/s atrofida elektr quvvati
sarflanadi.
Tabiiyki, bunday korxonalar arzon elektr energiyasi manbalariga yaqin
joyda qurilishi kerak. Juda qiziqarli hol: Rossiyaning bir qator shaharlarida GES
va aluminiy zavodlari ―qo‘sh kulcha‖dek aynan bir joyda, bir markazda uchraydi.
Masalan, Bratsk GES va Bratsk aluminiy zavodi, Krasnoyarskdagi GES va
aluminiy zavodi, Volgograd GES va aluminiy korxonasi va h.k. Bunday juftliklar
yoki elementar hududiy ishlab chiqarish majmualari Ukraina, Armeniya, Fransiya
va boshqa joylarda ham mavjud. Tojikiston Respublikasi Tursunzoda (Regar)
shahridagi aluminiy zavod ham Norak GESiga yaqin joyda qurilgan. Olmaliqda
yirik rangli metallurgiya va kimyo korxonalari shu yerdagi IEM hamda Yangi
Angren IESidan, Chirchiq sanoat majmuasi Chirchiq kaskad GES quvvatlaridan
foydalanadi. Farg‘onadagi kimyo, neftni qayta ishlash va boshqa sanoat
korxonalari bu shahardagi yirik IEMdan elektr energiyasini oladi.
Demak, elektr quvvati omil sifatida bir qator sanoat tarmoqlarini o‘z atrofida
―yig‘ar‖ ekan. Shu sababli, u katta yirik rayon va hududiy majmua hosil qilish
qudratiga ega. Bizning sharoitimizda elektr quvvati yangi yerlarni o‘zlashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |