IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
456
tayyor mahsulot – prokat ishlab chiqariladi. Qora metallurgiya mahsulotlaridan esa
xalq xo‘jaligining deyarli barchasida foydalaniladi.
Demak, bu tarmoq juda ahamiyatli bo‘lib, uning ichki xususiyatlarini ham
yaxshi o‘rganish uning mohiyatini chuqurroq tushunishga zamin yaratadi.
№
_
136.
3,25 tonna cho‘yan ishlab chiqarish uchun qancha temir rudasi (a)
va kokslanuvchi ko‘mir (b) sarflanishini hisoblang.
Yechish:
Ishni bajarish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
a) cho‘yan ishlab chiqarishda sarflanadigan temir rudasini hisoblash.
1) cho‘yan miqdori aniqlanadi – 3,25 tonna yoki 3 250 kg;
2) 1 tonna cho‘yan ishlab chiqarish uchun qancha temir rudasi kerakligi
aniqlanadi – 2 tonna yoki 2 000 kg;
3) hisoblash qulay usul – proporsiya asosida amalga oshiriladi:
1 t -------------------------- 2 t
→
1 000 kg ----------------------- 2 000 kg
3,25 t ------- x =
=
6,5 t →
3 250 kg ---- x =
= 6 500 kg
Javob:
3,25 t cho‘yan ishlab chiqarish uchun 6,5 t yoki 6 500 kg temir rudasi
kerak bo‘ladi.
b) cho‘yan ishlab chiqarishda sarflanadigan kokslanuvchi ko‘mirni hisoblash.
1) cho‘yan miqdori aniqlanadi – 3,25 tonna yoki 3 250 kg;
2) 1 tonna cho‘yan ishlab chiqarish uchun qancha kokslanuvchi ko‘mir
sarflanishi aniqlanadi – 1,2 tonna yoki 1 200 kg;
3) hisoblash qulay usul – proporsiya asosida amalga oshiriladi:
1 t ------------------------ 1,2 t →
1 000 kg ----------------------- 1 200 kg
3,25 t ---- x =
=
3,9 t →
3 250 kg ---- x =
=
3 900 kg
Javob:
3,25 t cho‘yan ishlab chiqarish uchun 3,9 t yoki 3 900 kg kokslanuvchi
ko‘mir sarf bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |