«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
454 atigi 17 – 20 foizni tashkil etadi, xolos. Bunday konlarga Uraldagi Koshkonarni yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Tebinbuloqni misol qilib ko‘rsatish mumkin. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu yerda qazib olinadigan rudani bevosita domna pechlarida eritib bo‘lmaydi, chunki kerakli mineralldan ko‘ra keraksiz jinslar ko‘proq. Shuning uchun bu ruda, albatta, dastlab boyitilishi va uning tarkibidagi foydali mineralning hissasi oshirilishi lozim. Boyitilgandan so‘ng ruda tarkibidagi metall miqdori bir necha barobar ko‘payadi. Ammo bundan keyin ham uning hissasi yetarlicha bo‘lmaydi. Shuning uchun metallurgiya korxonalari ko‘proq xomashyo rayoniga yaqinroq joylashtiriladi. Yer yuzida ―boy‖ konlar ham yo‘q emas - Kursk magnit anomaliyasiga kiruvchi Belgorod yaqinidagi konlarda temirning rudadagi ulushi 60 – 65 foizgacha yetadi. Binobarin, bundan qazib olinadigan xomashyoni bevosita boyitmasdan domna pechlarida eritsa bo‘ladi. Modomiki shunday ekan, ularni tashib borish uchun transport xarajatlari va, pirovard natijada, eritilgan cho‘yanning tannarxi uncha yuqori bo‘lmaydi. Bu esa korxonalarni yoqilg‘i rayonida yoki unga yaqin joylarda qurishni taqozo etadi. Qozog‘iston Respublikasidagi Qarag‘anda to‘liq siklli metallurgiya kombinati bevosita ko‘mir havzasi rayonida joylashtirilgan. Rossiyadagi Novokuznetsk, Lipetsk, Tula, Ukrainadagi Krivoy Rog kombinatlari esa xomashyo, ya‘ni temir rudasi konlariga yaqin qurilgan. Ayrim hollarda, metallurgiya zavodlari xomashyo va yoqilg‘i rayonlari o‘rtasida joylashgan, zero mazkur sanoat tarmog‘i uchun bu ikki omilning ahamiyati bir xil. Bunga misol sifatida, Cherepoves metallurgiya kombinatini (Rossiya Federatsiyasi) keltirish o‘rinli. U Pechora kokslanuvchi ko‘mir havzasi bilan Kola yarimoroli temir rudasi konlarining deyarli o‘rtasida qurilgan. Lekin ushbu korxona aniq ikki oraliq masofada emas, u biroz g‘arbga ―tortilgan‖. Buning sababi, Sankt – Peterburg va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling