IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
463
murakkabdir. Shu bilan birga, bu sanoat tarmog‘ining majmua, klaster va rayon
hosil qiluvchi ahamiyati ham katta.
Ushbu sanoat tarmog‘ining hududiy tashkil etish omillari turlicha. Ba‘zi
mashinasozlik korxonalari metallni va ishchi kuchini ko‘p talab qilsa, boshqalari
uchun nisbatan ozroq, ammo malakali kadrlar va sifatli metall zarur bo‘ladi; ba‘zi
mashinasozliklik zavodlari bevosita iste‘mol rayonlarida (traktor va qishloq
xo‘jaligi mashinasozligi, mintaqa iqtisodiyotining ixtisoslashgan tarmoqlari uchun
tegishli jihozlar, asbob-uskunalar ishlab chiqarish va b.) joylashtirilsa, ayrimlari
(radio va teleapparatura, hisoblash mashinalari, kompyuter va h.z.) yirik
innovatsiya salohiyatiga ega bo‘lgan markazlarda tashkil etiladi.
Tarkibiy jihatdan mashinasozlik sanoati o‘zining ichki tuzilishini turli
tumanligi bilan boshqa sanoat tarmoqlaridan keskin farq qiladi. U transport, traktor
va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, elektrotexnika, stanoksozlik va asbobsozlik,
priborsozlik kabi yirik tarmoqlardan tashkil topgan. Ular, o‘z navbatida, yanada
kichikroq, tor ixtisoslashgan ―tarmoqchalardan‖ iborat. Masalan, transport
mashinasozligi samolyotsozlik, avtomobilsozlik, kemasozlik, vagonsozlik va
boshqa turlarni, avtomobilsozlikning o‘zi esa yengil va yuk mashinalarini ishlab
chiqarishdan tashkil topgan.
Umumiy qilib olganda, mashinasozlik sanoati eng ko‘p turdagi
mahsulotlarni ishlab chiqaradi va milli iqtisodiyotning tayanchi hisoblanadi.
III.8.1. Mashinasozlik sanoat tarmog‟i misolida tarmoqda band aholini
hisoblash
Mashinasozlik sanoat tarmog‘i juda keng tarkibga ega. Shu bois unda
ishlovchi ishchi va xizmatchilar ham ko‘p hisoblanadi.
№
_
149.
2013-yilda O‘zbekiston aholi soni 30,0 mln kishiga yetdi. Umumiy
aholi tarkibida mehnatga layoqatli yoshdagilar jami aholining 64,0 foizini
Do'stlaringiz bilan baham: |