IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
465
kishi band bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich AQShdagi sanoatda band aholining
qanchasini tashkil qiladi?
№
_
151.
2013-yilgi ma‘lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda iqtisodiyotda band
bo‘lganlar soni 12,5 mln kishini tashkil etib, band aholining 5,2 % qismi transport
va aloqaga to‘g‘ri kelsa, mazkur tarmoqda band aholi sonini toping.
№
_
152.
Agar Xitoyda sanoatda band aholi soni 70 mln kishidan ortiqni
tashkil etib, mavjud sanoat korxonalarining soni 750 000 dan ko‘p bo‘lsa, o‘rtacha,
har bir korxonaga to‘g‘ri keluvchi ishchi-xizmatchilar sonini toping.
III.8.2. Avtomobil ishlab chiqarish dinamikasini aniqlash
O‘tgan yillarda mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati tarkibida
muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Turli xil obyektiv sabablarga ko‘ra, ayrim sanoat
korxonalarining faoliyati sustlashdi, ba‘zilarida mahsulot ishlab chiqarish to‘xtadi.
Jumladan, samolyot, traktor, paxta terish mashinalari kabi og‘ir mashinasozlik
mahsulotlarining ishlab chiqarish keskin kamaydi. Ayni vaqtda mustaqil
O‘zbekistonda yangi, zamonaviy mashinasozlik korxonalari barpo etildi.
1996-yilda Andijon viloyatining Asaka shahrida yirik avtokorxonaning ishga
tushirilishi olamshumul ahamiyatga ega bo‘ldi va bu korxona respublikamizni
jahonning 30 ga yaqin avtomobilsozlik rivojlangan davlatlar qatoridan munosib
o‘ringa ega bo‘lishiga xizmat qildi. Shu bilan birga, Asaka avtomobil zavodi
O‘zbekiston, xususan, Farg‘ona vodiysi sanoatining tarmoqlar va hududiy
tarkibining diversifikatsiyalashuviga ijobiy ta‘sir ko‘rsatdi. Hozirgi kunda
avtomobil ishlab chiqarish uchun kerakli butlovchi qismlarning yarmidan
ko‘prog‘i respublikamizning o‘zida yaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |