IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
462
Mustaqil yechish uchun topshiriqlar:
№
_
144.
Ko‘p hollarda, 100 gr mis ajratib olish uchun qancha ruda kerak
bo‘ladi?
№
_
145.
Ko‘mir konidagi kuldan 850 gr germaniy ajratib olingan bo‘lsa, uni
ajratib olish uchun kerak bo‘lgan ko‘mir kukuni miqdorini toping.
№
_
146.
3 tonna magniy eritish uchun qancha elekt-energiya sarflanadi?
№
_
147.
Agar, o‘rtacha, bitta atom reaktorining ichki devori 16 kg oltin bilan
qoplanadigan bo‘lsa, Xitoyda bir yilda qazib chiqariladigan oltin(369 tonna)dan
nechta atom reaktorida foydalanish mumkin?
№
_
148.
O‘zbekistondagi rangli metallurgiya konlari jadvalini shakllantiring
hamda yozuvsiz xaritaga yirik konlarni tushiring.
III.8. MASHINASOZLIK SANOATI
Mashinasozlik og‘ir sanoat, ya‘ni ishlab chiqaruvchi vositalarni ishlab
chiqaruvchi sanoat tarmoqlaridan biri bo‘lib, u muhim o‘ziga xos xususiyatlarga
ega. Eng avvalo, uning tarkibi juda murakkab. Ushbu sanoat tarmog‘i mayda mix
yoki ignadan tortib muzyorar ulkan kemalar, samolyot, kosmik raketalargacha
bo‘lgan mahsulotlarni o‘z ichiga oladi. Chunki, bunday mahsulotlarning asosiy
xomashyosi bitta, ya‘ni metall hisoblanadi.
Mashinasozlik ilmiy texnika taraqqiyotini aks ettiruvchi tarmoqdir. U har
qanday mamlakat yoki mintaqa iqtisodiyotining umumiy rivojlanganlik darajasini
ifodalovchi o‘ziga xos indikator hisoblanadi. Bu borada, ayniqsa,
mashinasozlikning hozirgi zamonaviy tarmoqlarini shakllantirilganligi ustuvor
ahamiyat kasb etadi. Ko‘rilayotgan sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarishni ijtimoiy
tashkil etish shakllaridan ixtisoslashuv va kooperatsiya nihoyatda katta o‘rin tutadi.
Sababi, mazkur sanoat mahsulotlarining ko‘pchiligi, uning ―yuqori qavatlari‖ o‘ta
Do'stlaringiz bilan baham: |