IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
472
3 150 kg
=
= x--- 1 250 kg
Javob:
1 250 kg (1,25 t) motor yoqilg‘isi 3 150 kg (3,15 t) gaz
kondensatidan ajratib olingan.
Mustaqil yechish uchun topshiriqlar:
№
_
160.
250 t gaz kondensatidan qancha sun‘iy tola ajratib olish mumkin?
№
_
161.
Gaz-kimyo majmuasida gaz kondensatidan ajratib olingan sun‘iy
kauchuk miqdori 500 kg ni tashkil etsa, u qancha gaz kondensatidan olingan?
№
_
162.
Gaz kondensatidan 340 kg erituvchi modda olish uchun qancha
xomashyo kerak bo‘ladi?
III.9.2. Sun‟iy tola ishlab chiqarishda suvdan foydalanish
Kimyo sanoatining imkoniyatlari juda keng va ko‘p tarmoqli hisoblanadi.
Hatto, gazdan ham tola ajratib olish mumkin. Bu esa uni kimyoviy labaratoriya
sharoitida siqib, quyultirilishi natijasida amalga oshiriladi.
Kimyo mahsulotlari arzonligi va mustahkamligi bilan ham ajralib turadi.
Masalan, kapron ishlab chiqarish uchun tabiiy ipak tayorlashga nisbatan 20
barobar kam mehnat sarflanadi. Lekin sun‘iy va sintetik tola ishlab chiqarish ko‘p
miqdorda suv talab qiladi.
Aytish joizki, 1 tonna sintetik tola ishlab chiqarish uchun 2000 m
3
suv
sarflanadi, ya‘ni ishlab chiqarilgan sintetik tola hajmiga monand holda, o‘rta
hisobda, qancha suvdan foydalanilganini tahlil qilish mumkin.
№
_
163.
Kimyo kombinatida ma‘lum vaqt mobaynida 5,7 tonna sintetik tola
ishlab chiqarilgan bo‘lsa, unga sarflangan suv hajmini toping.
Yechish.
Hisoblashni amalga oshirishda har bir ma‘lumotga diqqat bilan
e‘tibor berish lozim va, albatta, ishni bajarish tartibiga amal qilish yaxshi samara
beradi:
1) ishlab chiqarilgan sintetik tola hajmi – 5,7 t yoki 5 700 kg;
Do'stlaringiz bilan baham: |