Nosirjon uluqov lobar abduhamidova zniitq macfaniyati taCqin va tafiCiCCari


Notiqlik nazariyasi asoschisining nutq va uning


Download 410.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/29
Sana16.06.2023
Hajmi410.58 Kb.
#1489701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Nutq madaniyati. Uluqov.N

Notiqlik nazariyasi asoschisining nutq va uning 
mukammalligi xususidagi qarashlari
Kishilar chiroyli, mazmundor nutq masalasi bilan uzoq davrlardan 
buyon qiziqib kelganlar. Qadimgi Yunonistonda va Rimda nutq 
madaniyatining nazariy asoslari yaratilgan. Jumladan, Yunonistonda 
notiqlik san’ati yuksak darajada taraqqiy etib, Perikl, Lisiy, Demosfen
Aristotel kabi jahon notiqlik san’atining yirik namoyandalari yetisliib 
chiqqan.
Aristotel (Arastu) o'n yetti yoshidan Aflotun huzuriga shogirdlikka 
kelgan. U iste’dodli inson bo'lib, ko'p ilm va haqiqat sirlarini ochishga 
erisha olgan.1 U Yunonistonda yashagan paytlarda mamlakatda notiqlik 
san’atiga, chiroyli so'zlashga, fikmi go'zal ifoda etishga intilish kuchay- 
gan. Chiroyli so'zlash bo'yicha qo'llanmalar yaratish, notiqlik san’ati 
maktablarini ochish an’ana tusini olgan. 
Eramizning 335-yilida 
Aristotelning uch kitobdan iborat “Ritorika” asari yaratilgan bo'lib, ushbu 
asar shu yo'nalishda yaratilgan asarlaming eng sarasi deb e ’tirof etiladi.
’ “Ritorika”ning birinchi va ikkinchi kitoblari chiroyli so'zlashning 
mohiyati, ishontirish san’ati borasidagi mulohazalardan tarkib topgan. 
Uchinchi kitob notiq nutqining mantiqiy qudrati bilan aloqador masala- 
lami oydinlashtirishga qaratilgan. Aristotel notiqning ko'rinishidan 
boshlab so'zlashi, mulohaza yuritish maneralari, harakat va holatlari -
barchasi asosiy mavzuni ochishga xizmat qilishi lozimligini uqtiradi. 
Nutqning ta’sirchanligi, notiqning hissiyot bilan so'zlashi, ortiqcha 
tafsilotlarga berilmaslik, m e’yomi saqlay bilish, har xil qiyosiy 
misollardan, ko'rgazmali tasvir vositalaridan foydalanish notiq muvaf- 
faqiyatining garovi ekanini ham ta’kidlaydi.
Masalan, u notiqning nutqiy jarayoni besh bosqichdan iborat bo'lishini 
qayd etib o'tadi:
1. Mavzuga kirishish (har tomonlama o'rganish).
2. Mavzuning tarxini tuzish (reja tayyorlash).
3. Mavzuni yodga olish (to'la o'zlashtirish).
4. Mavzuni og'zaki nutq orqali chiroyli ifoda etish.
5. Mavzuni aniq va to 'g 'ri talaffuz orqali yoritib berish.
Aristotelning ushbu “qolip”i qancha davr, asrlardan beri dunyo
notiqlari tomonidan deyarli o'zgarishsiz istifoda etib kelinmoqda. Aristotel
’Ж уманиёзов P. Дил - кулф, калит - тил. - Тошкент: Узбекистан, 2015. — Б. 17.
5


notiqlik san’atiniflg nazariyotchisi bo'libgina qolmasdan yetuk amaliyotchi 
ham bo'lgan.
U ritorikaga shunday ta’rif beradi: “Ritorika - xitoba har bir aniq 
fikrga tinglovchilarni ishontirishning mumkin bo'lgan yo'llari, usul-larini 
topish san 'atidir ”■1 Arastu ritorikaning dialektik fikrlash, axloq-shunoslik 
va siyosat sohalafiga aloqador ekanligini aytadi.
Ma’lumki, notiqning nutqi kimga qaratilganligi bilan o'zaro 
farqlanadi. Nutqni tinglovchilar oddiy fuqaro, tomoshabin yoki katta 
doiralarga 

Download 410.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling