Nosirjon uluqov lobar abduhamidova zniitq macfaniyati taCqin va tafiCiCCari
Download 410.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Nutq madaniyati. Uluqov.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- T il-d il kaliti
Nazorat uchun savoUar:
1. Voizlik san’ati qanday san’at? 2. Nutq so'zlash jarayonida qanday qoidalarga amal qilish lozim? 3. Tinglovchiga aytilishi lozim bo'lgan fikrga qanday talablar qo'yiladi? 4. Qaysi jihat tinglovchilami komillikka boshlash nuqtasi hisob- lanadi? 5. T.Sodiqovaning notiq va notiqlik haqidagi talqinlari qanday? T il-d il kaliti Mamlakatimizning taoiqii suxandon-notiqlaridan biri, murabbiy va olim Rahimboy Jumaniyozovning “Dil - qulf, til - kalit” (Toshkent: O ’zbekiston, 2015. 93-bet) risolasida notiqlik va nutq madaniyati borasidagi qimmatli fikrlar bay on etilgan. Muallif bu boradagi uzoq yillik tajribalarini keng kitobxon ommasi bilan o'rtoqlashadi. Tildan o'rinli foydalanish va nutq masalalari barcha davrlarda ziyolilar diqqat markazida bo'lib kelgan. Har bir inson fikrini nutq yordamida ifodalaydi, boshqalar bilan suhbatga kirishadi. Notiq insonnigina nutqi, gapi, aytayotgan so'zi ta’sirli, mantiqli, qalbga yetib boradigan darajada asosli bo'lib chiqadi. Notiq inson barcha davrlarda qadrlangan. Shunga ko'ra uning o'z uslubi mavjud bo'ladi. Mustaqil uslubga ega bo'lm agan notiq odamlami o'z fikriga ishontirolmaydi. Rahimboy Jumaniyozovning notiq va notiqlik haqidagi quyidagi qarashlari diqqatga molikdir: “Haqiqiy notiq butun bir qo'shinni boshqarayotgan qo'mondonga o'xshaydi. Uning o 'z strategiyasi va taktikasi bor. Strategiya - oldingga qo'yilgan maqsad, taktika esa - uni amalga oshirish yo'llari, usullaridir. Taktikani bilma-gan va o'z о 'rnida qo 'llay olmagan notiq albatta mag ’lubiyatga uch-raydi ”. 1 Haqiqiy notiqqa turli talablar qo'yiladi. Jumaladan, kerak o'rinda sukut saqlashi, g’azabini jilovlay bilishi, ta’sirli so'zlardan va me’yordan oshmagan tasviriy vositalardan foydalana olishi kerak. Shu bilan bir qatorda quyidagi eng asosiy talablar ham mavjud. Buni olim quyidagicha ta’kidlaydi: "Haqiqiy notiq quyidagi mezonlarga tayanadi - kimga, nima haqda, qayerda gapirishni, qachon va qanday gapirishni, qay holatda, eng muhimi, qancha so'zni bilishi shart”. (27-bet) Har bir soha muayyan mantiqiy ildizga ega bo'lsagina yashaydi, taraqqiy etadi. Notiqlik ham bundan mustasno emas. M uallif tomonidan nutq madaniyati va notiqlik san’ati daraxtga qiyoslanadi va mantiq uning ildizi ekanligi uqtiriladi. ‘‘Notiqlik ulkan daraxt bo'lsa, notiqlar - uning shox-u novdalari, nutq - mevalari, mantiq esa - teran tomiridir”. (27-bet) Boshqa bir o'rinda esa olim tomonidan notiqlik tanaga, mantiq suyakka, nutq etga o'xshatiladi. Faqat etdan yoki faqat suyakdan iborat tana bo'lmaganidek notiqlik va mantiq ham bir-biridan ayro bo'lol-masligi ta ’kidlanadi. Download 410.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling