Nosirova kamola
Download 21.03 Kb.
|
BOSHLANG’ICH 1 SINF DARSLARINI TASHKIL QILISHDA INGLIZ TILI FANI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasmdagi gaplar”o’yini.
Rasmli” o’yin. O’quvchilar Present Continious tarkibini yaxshiroq o’zlashtirishlari uchun rasmli o’yinni qo’llash mumkin. O’quvchilarga hali ko’rmagan rasmlaridagi personaj nima qilayotganini topish taklif etiladi. Masalan, P1: Is the girl sitting at the table? P 2 : No, she is not.
P1: Is the girl standing? P 2:: Yes, she is Rasmda ifodalangan harakatni to’g’ri topgan o’quvchi g’olib xisoblanadi. U boshlovchi bo’lib boshqa rasmni oladi. “Rasmdagi gaplar”o’yini. Bu o’yin grammatik formalarni mashq qildirish uchun yaxshi ko’rgazmali vosita hisoblanadi. Kartalarda odamni qandaydir harakatlarini ifodalovchi bir necha rasmlar bor, masalan: konkida uchayotgan, shaxmat o’ynayotgan, kitob o’qiyotgan rasmlar bor. O’qituvchi rasmli kartalarni ko’rsatadi (bola konkida uchayapti) va so’raydi: What is he doing? O’quvchilar o’zlarida xuddi shunday rasmni topadilar va javob beradilar: He is skating. Xulosa o‘rnida ta‘kidlash joizki, ingliz tilini o‘qitishda o‘quvchilarni yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ulardagi chet tilini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, ehtiyojni to‘la qondirishga yordam beruvchi pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy didaktik ishlanmalarni tayyorlash va ularni amalga oshirishning mustahkam mexanizmini ishlab chiqish muaommoning amaliy yechimini ta‘minlaydi. Chet til o‘qitishga bunday yondashuv o‘rganilayotgan chet tildan foydalanishga kuchli ehtiyoj mavjud bo‘lgan muhitda yuqori samara beradi. Chunki chet til elementlarini (tarkibiy qismlarini) o‘zlashtirish jarayoni ona tilini o‘zlashtirish jarayoni bilan aynan o‘xshash (parallel), ya’ni avval nutqiy kompetensiyalar, keyin lisoniy kompetensiyalar yoki avval tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv, keyin fonetika, leksika, grammatikani o‘zlashtirish izchilligida sodir bo‘ladi. Ma’lumki, ona tilini sof bo‘lmasa-da, taqlidan o‘zlashtirish jarayonida o‘xshashlik (analogiya)ka amal qilinadi, o‘quvchi qanday idrok etsa, shunday o‘zlashtiradi va bilganiga monand gaplar (va so‘zlar), til qonuniyatiga yot hosilalar yaratadi. Buni bolaning so‘zdan foydalanishdagi omilkorligi, deb tushunish mumkin. Masalan, besh yoshli David ismli bola dadasining tug‘ilgan kunda «I’d like to propose a toast» (Qadah so‘zi aytmoqchiman), degan gapidan ilhomlanib, qo‘liga finjon oladida; «I’d like to propose a piece of bread», deya mehmonlarni kuldiradi. Bunday holat mutaxassislar tomonidan muloqot qilishning insonga xos instinkti va kreativ til tajribasi, deb izohlanadi. Biz bunday vaziyatdagi tasodifiy nutqiy ifodani tashabbusli nutq deb nomlashni ma’qul topdik. Til tajribasi atamasi tadqiqotchilar tomonidan mukammal sharhlangan . Mutanosiblik nazariyasida ham chet til ta’limining maqsadi o‘quvchilar psixikasida til egallashning avvaldan shakllangan umumiy mexanizmlarini faollashtirish lozimligi targ‘ib etiladi. Tabiiy muhit mavjud bo‘lgan xorijiy mamlakatlarda chet til alohida predmet sifatida emas, balki boshlang‘ich ta’limda o‘qitiladigan boshqa predmetlar bilan integratsiyalashtirilgan holda o‘qitiladi, chet tildagi autentik nutqni tinglab tushunish va o‘quvchilarning o‘zaro yoki o‘qituvchi bilan og‘zaki muloqotiga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Predmetlararo bog‘lanish hozirda didaktika va o‘qitish metodikasida bilimlar mazmuni bilan ilmiy bilish metodlarining mutanosibligiga asoslangan yaxlit sistema sifatida tushuniladi (M.N. Skatkin, I.D. Zverev, I.Ya. Lerner va b.). Predmetlararo bog‘lanishga sistemali yondashish, uning tarkibi, tuzilishi hamda vazifalarini, uning boshqa tizim ob’ektlari (o‘quv jarayoni, o‘quv-tarbiyaviy Chet tilining o‘rgatishning barcha asosiy komponentlari (o‘qitish maqsadi, metod va vositalari, o‘quv fan mazmuni) bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq. Chet tiliga o‘rgatishning maqsadi muomila asoslarini yaratishga, o‘z fikrini erkin bayon qilishga va shuningdek oddiy kommunikativ vaziyatlarda suhbat olib borish malakalaridan iborat. Shundan kelib chiqqan holda birinchi navbat ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan bu mazmunga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatini tashkil qiluvchi ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak atrofga nisbatan munosabatlarini ham kiritish masalasi katta ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayoni nutq faoliyatining tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozishlardan iborat ko‘nikmalarini shakllantirishga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Chet tilini o‘rgatish jarayonida yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy etish va amaliyotga tadbiq etishni taqozo etmoqda. Ayni paytda amaliyotda qo‘llanilayotgan va ijobiy natijalar berayotgan bir qancha zamonaviy pedagogik texnologiyalar mavjud-ki, ulardan chet tilini o‘qitish bo‘yicha o‘quv jarayonida qo‘llash bir necha omillarni talab etadi. Shulardan eng muhim ta’lim tizimiga pedagogik innovatsiyalarni kiritish, ulardan unumli foydalanish va rivojlangan davlatlardagi pedagogik texnologiyalar markazlari va ular faoliyatini o‘rganish asosida mamlakatimizda chet tilini o‘qitish bo‘yicha zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyasi markazlarini ochish, ulardan kelajakda unumli foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ta’lim maqsadi ijtimoiy - pedagogik va lingvodidaktik tushuncha sifatida chet til o’qitishga tatbiqan quyidagicha ta’riflanishi mumkin: umumta’limiy yo’nalishdagi o’quv predmetlaridan bo’lmish chet tilni o’rganishga jamiyat va davlatning ijtimoiy buyurtmasi shaklidagi ta’lim mazmunini belgilash, o’qitish jarayonini tashkil etish va muayyan natijalarga erishishni oldindan aniqlash vositasidir. Maktabda chet tili nima uchun o’rganiladi? savoliga javob tariqasida qo’llanadigan termin-tushunchadir. Umumta’lim maktablarida o’quvchilarga chet til (1) Download 21.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling