Nutq va muomila tayyorladi: 317 guruh talabasi To'xtayev a «nutq va muomila»


Download 333.39 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi333.39 Kb.
#1165027
  1   2   3
Bog'liq
21. To\'xtayev Asilbek. Nutq va muomala


FAN: Psixalogiya
MAVZU: NUTQ VA MUOMILA
Tayyorladi: 317 guruh talabasi To'xtayev A
« NUTQ VA MUOMILA »
Reja:
1. Nutq texnikasi va madaniyati haqida tushuncha Nutq elementlari.
2. O'qituvchi nutqining ta'sirchanligini oshirish yo'llari.
3. Nutq samaradorligiga salbiy ta'sir etadian holatlar.
4. O'qituvchi nutqining kommunikativ sifatlari nutqni takomillashtirish yo’llari.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI HAQIDA TUSHUNCHA NUTQ ELEMENTLARI.
Har bir insonning ma'naviy va madaniy kamolotga erishuvida tilning o'rni alohidadir. Til insonlararo muloqot hamda fikr va axborot almashinuv vositasidir.
Shuningdek, ajdodlar merosini o'rganish, tajriba orttirish, almashinish jarayonini ham tilsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Zero, hazrati Navoiy ta'biri bilan aytganda:
So'zdurki, nishon berur o’lukka jondin, So'zdurki, berur jonga xabar jonondin. Insonni so'z ayladi judo hayvondin, Bilki, guhari sharifroq yo'q ondin.
Tilning olijanob imkoniyatlari nutq orqali ochiladi. Nutq bo'lmas ekan, tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. A. Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi: «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq nomaqbul bo'lib chiqsa, tilning ofatidir». Demak, til har qancha qudratli zo'r bo'lmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qiladi. Uning kuch-qudrati nutq jarayonida namoyon bo'ladi. Agar til o'q bo'lsa, nutq kamondir. O'qning qudrati kamonning qobiliyatiga ham bog'liq.
Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda real­likka aylangan fikr bo‘lib ikki xil ko’rinishda namoyon bo‘ladi: 1) ichki nutq;
2) tashqi nutq.
O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til ele­ment­laridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulo­haza yuritishi, o‘ylashi ichki nutqdir.
NAFAS OLISH VA TOVUSH

O'qituvchining nafas olishini tartibga solish uchun juda ko'plab mashqlar belgilangan.


O'qituvchilar orasida tabiiy ravishda ijobiy ta'sir etadigan, jarangdor, yoqimli tovush egalari juda kam uchraydi. Yaxshi tovush yillar o'tishi bilan, maxsus mashqlar yordamida chiniqtirib borilmasa, o'zgarishi mumkin.
Tovush apparatining tuzilishi bilan tanishib chiqamiz.
Tovush apparati 3 qismdan iborat: generator, rezonator, energiya tizimi.
  • Generator tizim – tovushni generasiyalaydi, tovush paylarida va og'iz bo'shlig'ida sodir bo'ladi. Tovushlarni tonal va shovqin tovushlarga ajratadi.
  • Rezonator tizimga halqum, og'iz va burun bo'shlig'i kiradi. U nutq dinamikligini ta'minlaydi.
  • Energetik tizimga yuqori nafas yo'llari kirib, tovush hosil qilishda ishtirok etadigan havo oqimining tezligi va hajmini ta'minlaydi.

O'QITUVCHI TOVUSHINING MUHIM JIHATLARIGA QUYIDAGILAR KIRADI:
1) Tovushni ma'lum masofaga etkazish va boshqarish.
2) Tovushning egiluvchanligi – nutq mazmuniga ko'ra o'zgartirish.
3) Tovushning balandligi – tovushning tonallik darajasi. Tovush harakati uning baland-pastligiga bog'liq. Odam ovozi osongina 2 oktava balandligida o'zgarib turishi mumkin, ammo kundalik nutqimizda 3-5 nota kuchida ovoz ishlatilishi mumkin.
4) Diapazon – ovoz ko'lami, kengligi. Inson imkoniyatlari darajasidagi, eng yuqori va eng quyi chegarasiga ega turli balandlikdagi tovushlar yig'indisi.
5) Tembr – har bir tovushning o'ziga xos bo'lgan sifati, tovush bezagi, uning mayinligi yoki yo'g'onligi, yorqinligi.
Mutaxassislarning o'tkazgan maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari shuni ko'rsatadiki, doimo nutq bilan bog'liq bo'lgan kasb egalari orasida tovush organlarining kasallanishi juda ko'pdir. O'qituvchilar orasida bunday kasallanganlar 40,2% tashkil etadi.
Ovoz buzilishining sabablari xilma-xildir. Asosan to'rttasi juda ko'p uchraydi:
-har kuni ovozga beriladigan ortiqcha harakat, nagruzka;
-ovozdan to'g'ri foydalanmaslik;
-ovoz gigienasiga amal qilmaslik;
-ovoz organlari kuchining tug'ma pastligi.

Download 333.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling