Nostandart testlar Reprezentativ tizimlarning odam hayoti faoliyatida namoyon bo’lishi


Etakchi reprezentativ tizimni so‘z qo‘llash va fiziologik belgilar asosida aniqlash


Download 141.78 Kb.
bet12/25
Sana08.11.2023
Hajmi141.78 Kb.
#1758348
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
Nostandart testlar Reprezentativ tizimlarning odam hayoti faoliy-fayllar.org

Etakchi reprezentativ tizimni so‘z qo‘llash va fiziologik belgilar asosida aniqlash
Odamlarning etakchi reprezentativ tizimini neyrolingvistik dasturlashda “kirish kalitlari” deb nom olgan ichki holatlarning tashqi indikatorlari (belgilari) orqali aniqlash mumkin. Amaliyotda bunday indikatorlarning ikkita tipi - so‘z qo‘llash va fiziologik belgilardan foydalaniladi.
So‘z qo‘llash. har bir reprezentativ tizim o‘z tiliga ega. SHu tizim ustuvorlik qiladigan odam aynan shu tilda gapirishni ma’qul ko‘radi va shu odam afzal ko‘rgan tizim tilida gapirganingizda sizni to‘liq eshitadi. Masalan, “Men nimani nazarda tutayotganingizni ko‘ryapman. Men imkoniyat va istiqbollarni ko‘rishim uchun nazar tashlash imkonini bering” – deyish vizualga hos; “Men shu muammoga kirishib, uning nimadan iborat ekanligini his qilmoqchiman. Bu menga nima beradi – sezmayapman” –kinestetikga hos; “Bu juda keskin fikr. Uni qanday jaranglashini eshitishim va qanchalik muhim ekanini o‘zimga aytishim uchun u haqda gapirib bering” – bu audialning so‘zlari. “Bu 2017.02.02.dagi bis yo‘riqnomaning 3-bandiga zid, demak mantiqqa va paritet marketing konsepsiyasidagi menejerial munosabatlar mazmuniga to‘g‘ri kelmaydi” – bu faqat diskretga hos.
YUqoridagi misollarda ajratilgan barcha so‘zlar aynan opponentning reprezentativ tizimi uchun muvofiq keladi. Muloqot ob’ekti asosan qaysi tizim tilida “ishlashini” aniqlabgina u bilan o‘zaro tushunish va ishonch sari yo‘l topish mumkin. Kimdir “buni ko‘ryapman” desa, demak, olayotgan ma’lumotlarni qay yo‘sinda anglashi haqida aniq va uzil-kesil axborot yo‘llayotganligidan dalolat beradi. Buni (“tushunarli bo‘lgan, uning afzal ko‘rgan tizimi – vizual) anglab, “tilingiz”ni o‘zgartirishingiz, shu insonning modeliga “sozlanish“ va “vizual” so‘zlarni ko‘proq qo‘llash bilan unga “ma’lumotlarni yaqin va uzoq istiqbol nuqtai nazaridan aniqroq va oydinroq ko‘rish” imkoni beradi. “Men buni ko‘ryapman” degan jumlaga “Men esa his qilyapman” degan javob bilan samarali muloqotga umid bog‘lash ancha mushkuldir. Barcha odamlar o‘z tilida gapirgan kishilarnigina yaxshi tushunadilar va yoqtiradilar.
Muloqot jarayonida predikatlarning (fe’llar, sifatlar, ravishlar) qo‘llanishi muntazam ravishda odamlar boshidan nimalar kechayotganini aks ettiradi. Odamning u yoki bu so‘zlarni tanlashiga e’tibor qaratib, qaysi reprezentativ tizimni afzal ko‘rishini osongina anglab olish mumkin. Biroq, “reprezentativ-konkret” predikatlar (masalan, ko‘rish, nazar tashlash, qarash – V; eshitish, tushuntirish, eslatish – A; his qilish, ilib olish, teginish - K) bilan bir qatorda “polimodal” predikatlar (bilmoq, hisoblamoq, tushunmoq, esda tutmoq, anglamoq) ham mavjudki, ular hamma vaqt ham “egasining” diskretlar toifasidan ekanini anglatmasdan, hamma reprezentativ yo‘nalganlikdagi odamlar tomonidan birdek ishlatilishi mumkinligini yod saqlamoq kerak.
Fiziologik belgilar. Biron-bir reprezentativ tizimni afzal ko‘rish haqiqatan ham odamning tug‘ma xarakteristikasi ekani sababli vizuallar, audiallar, kinestetiklar va diskretlar o‘rtasidagi farqlarni bemalol ko‘rish mumkin.
Neyrologiya sohasidagi mutaxassislar F.Puselik va B.Lyuis vizuallar, audiallar, kinestetiklar va diskretlarga hos bo‘lgan, odamlar tomonidan afzal ko‘riladigan reprezentativ tizimlarning patternlar bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi psixofiziologik portretlarni taklif qilganlar:
  • vizuallar, odatda, qaddini tekis, elkalari va bo‘ynini tanasiga muvofiq to‘g‘ri tutadilar. Ular yurganida, tashqaridan xudda iyagi tortib ketayotgandek ko‘rinadi. Vizuallarning harakatlarini keskin yoki uzilishli sifatida tavsiflash mumkin. Tipik vizuallarning qovurg‘alari, boshqa toifa odamlarnikiga qaraganda, u qadar bo‘rtib chiqamaydi, ko‘krak qafasining yuqori qismi bilan nafas oladilar hamda, ko‘pincha, ingichka va siqiq lablar bilan tavsiflanadi;


  • audiallar ko‘proq oriq odamlar bo‘lib, ularni odatiy kommunikativ pozasi – qo‘llar ko‘krakka qo‘yilgan, boshi go‘yo eshitayotgandek pastga va yonga egilgan. Gapirganida boshqalarga qaraganda muloqotning aynan audial qismiga (intonatsiya, ton, sukut va sh.k.) ko‘proq e’tibor qaratadi. O‘z nutqining tonal jihatlarini tutib turish uchun ular to‘liq nafas olib o‘pkasidan to‘laroq foydalanadi. SHu sababli, odatda, ularning ko‘krak qafasi, vizuallarniki bilan solishtirganda, nisbatan to‘laroqdir;


  • kinestetiklar, odatda, boshqa toifa odamlarga qaraganda to‘laroq bo‘ladilar (garchi hamma vaqt ham semiz emas). Muloqot chog‘ida ko‘pincha elkalarini “dumaloqlab oladi”, ba’zan gapirayotganida yoki eshitayotganida oldinga shunchaki egilib oladi. Ularning harakatlari, odatda, bir maromda va erkin bo‘lib, qovurg‘alari qolgan toifadagilarnikiga qaraganda bo‘rtib chiqqan hamda qalin va yumshoq lablar bilan tavsiflanadilar;


  • diskretlar, odatda, vizuallar kabi ko‘krak qafasining yuqori qismidan foydalanib siqiq, qattiq va monoton ovozda gapiradilar. Ularning gavda tuzilishi kinestetiklarga ancha yaqin bo‘lsada, zero afzal ko‘riladigan raqamli (mantiqiy) reprezentativ tizimni qabul qilganliklari, ularning qandaydir ancha og‘ir hislar va kechinmalarni boshidan o‘tkazganliklari bilan bog‘liq. Diskretlar tobora ingichka va zich siqilgan lablari bilan boshqalardan ajralib turadilar.


YUqorida aytilganlarning hammasini mualliflar o‘ziga xos ma’lumotlar tarzida, ayrim o‘zgartirish va qisqartirishlar bilan quyidagi rasmda keltirganlar (1-rasm).








Download 141.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling