10-javob. Chiziqli tenglamalar sistemasini (CHTS) Gauss usulida yechish amallarini ketma-ketligini belgilang.
1.CHTS dan determinant tuzib olinadi.
2.CHTS da ixtiyoriy birinchi koeffitsiyenti 1 ga teng bo‘lgan tenglama tanlab olinadi.
3.Tuzib olingan determinant hisoblanadi.
4. Tanlab olingan tenglamadan foydalanib, boshqa tenglamalardagi 1-noma’lum yo‘qotiladi.
5.Keyingi bosqichda 2-tenglamadan foydalanib, boshqa tenglamalardagi 2-noma’lum yo‘qotiladi.
6.Determinantning 2 tartibli minorlari xisoblanadi.
7. Bu jarayon tenglamalardagi noma’lumlarni yo‘qotish ma’lum bir qadamga yetgach, ularning yoki uchburchak, yoki trapetsiya ko‘rinishdaligi aniqlanadi.
8. Topilgan determinantning javobi bilan minorlar ko‘paytirilib qo‘shiladi.
9. Agar CHTS uchburchak shaklga kelsa, yagona yechim, trapetsiya shakliga kelsa
cheksiz ko‘p yechimga egaligi aniqlanadi.
2, 4, 5, 7, 9
Talabalarning xulosa yasashga oid o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart test topshiriqlari
O‘quv maqsadlari ichida xulosa yasash yakunlovchi va tizim hosil qilish vazifasini bajaradi. Xulosa yasash o‘quv maqsadining asosiy mohiyati talabalar tomonidan o‘rganilgan kurs yoki mavzu yuzasidan xulosa yasash sanaladi. Bu jarayonda talabalar tomonidan ta’lim mazmunidagi ma’lumotlarga baho berishi, tanqidiy fikr yuritish ko‘nikmalarini qo‘llab fikrga qarshi fikr bildirishi, qo‘llab-quvvatlashi yoki inkor etishi talab etiladi.
Mazkur jarayonda nostandart ko‘p javobli test topshiriqlaridan foydalanish yuqori samara beradi.
11. Quyidagi beriladigan fikrlarning qaysilari to‘g‘ri bo‘lsa “ha”, noto‘g‘ri bo‘lsa “yo‘q” so‘zlarini qo‘ying.
A. Elementar almashtirishlar matritsa rangini o‘zgartirmaydi.
B. Maritsalarni ko‘paytirishda kommutativlik xossasi o‘rinli.
C. Barcha juft natural sonlar to‘plami chekli to‘plamdir.
D. Matritsa elementlarining gorizontal qatorlari uning satrlari, vertikal
qatorlari esa uning ustunlari deyiladi.
E. Toq o‘rniga qo‘yishlar to‘plami gruppa emas, chunki birlik o‘rniga qo‘yish
toq emas.
F. Bitta transpozitsiya natijasida o‘rin almashtirishning juft-toqligi
o‘zgarmaydi.
G. Birlik o‘rniga qo‘yishlar yana juft o‘rniga qo‘yish bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |