Notarius - Fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burjlarini belgilash, o`zgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi.
- Shaxslar o`rtasida tuzilgan bitimlarni tasdiqlaydi, yuridik faktlarni belgilaydi va muayyan asoslar bo`yicha mulk huquqini vujudga keltiruvchi va uni tasdiqlovchi guvohnomalarni beradi.
- Notarius yordamchi, stajor, shuningdek notarial faoliyatni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa xodimlarga ega bo‘lishi mumkin.
- Notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar, davlat notarial idorasida ishlashidan yoki xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bo‘lib ishlashidan qat’i nazar, teng huquqlarga ega va bir xil majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.
- Davlat notarial idoralari notariuslariga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi.
Quyidagilar notarius bo‘lishi mumkin emas: - muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
- qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
- notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida.
Notarius yordamchisi - Yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius yordamchisi bo‘lishi mumkin.
- Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar notarius yordamchisi bo‘lishi mumkin emas.
- Davlat notarial idorasi notariusining yordamchisini ishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius yordamchisini ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasining (bundan buyon matnda Notarial palata deb yuritiladi) tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda uni tavsiya qilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi.
- Notarius yordamchisi notariusning topshirig‘iga ko‘ra notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etishga, bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar loyihalarini tuzishga, hujjatlarning ko‘chirma nusxalari va dublikatlarini, ulardan ko‘chirmalarni tayyorlashga, shuningdek notarial harakatlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berishga haqli.
- Davlat notarial idorasi notariusi yordamchisiga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |