58
chiqargan hodisa portda yuz bergan bo‘lsa, protest
hodisa yuz bergan vaqtdan
boshlab yigirma to‘rt soat ichida berilishi kerak.
Protestni belgilangan muddatda berishning imkoni bo‘lmagan
taqdirda,
buning sabablari dengiz protesti haqidagi arizada ko‘rsatilishi kerak.
87-modda. Dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzish
Notarius
kapitanning arizasi, kema daftaridagi ma’lumotlar,
shuningdek
kapitanning o‘zi hamda kema qo‘mondonligi tarkibidan
kamida ikki guvohni va
kema komandasi tarkibidan ikki guvohni so‘roq qilish asosida dengiz protesti haqida
dalolatnoma tuzadi va uni o‘z imzosi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlaydi. Dengiz
protesti haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi kapitanga yoki vakil qilingan shaxsga
beriladi.
17-bob. ChET EL HUQUQI NORMALARINING QO‘LLANILIShI.
XALQARO ShARTNOMALAR
88-modda. Notarius tomonidan chet el huquqi normalarining
qo‘llanilishi
Oldingi
tahrirga qarang.
Notarius O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, xalqaro shartnomalarga
muvofiq chet el huquqi normalarini qo‘llaydi.
Notarius xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq tuzilgan hujjatlarni qabul
qilib oladi, shuningdek, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga
zid kelmasa, ularga boshqa davlatlarning qonunchiligida
nazarda tutilgan shaklda
tasdiqlovchi ustxatlar yozadi.
(88-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil
21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda
—
Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: