40-modda. Notarial harakatlarni ro‘yxatga olish
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda ro‘yxatga
olinadi. Har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan ro‘yxatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslar ushbu Qonun 6-moddasining ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan
jismoniy yoki yuridik shaxslarning yozma arizasiga binoan notarial harakatlarni ro‘yxatga
olish reyestrlaridan ko‘chirmalar beradi.
(40-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-
yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: |