Notiqlik san’ati insoniy madaniyat cho’qqisida


Download 14.12 Kb.
Sana12.11.2020
Hajmi14.12 Kb.
#144618
Bog'liq
Referat (копия) (копия)


Insho

“Notiqlik san’ati insoniy madaniyat cho’qqisida”

1. Notiqlik san'atining go'zalik siri

2. Har bir sohada notiqlik san'tining o'z o'rni

3. Notiqlik san'atining tarixi

4. Xulosa

1. Chiroyli gapirish insonning ajoyib qobiliyatlaridan biri hisoblanib kelingan. Chiroyli nutq bilan nima aytmoqchiligini insonlar bir-birlariga tezroq va yorqin holatda yetkazishlari mumkin. Hayotimiz davomida muammoli vaziyatlar paytida o'zimizni notiqlik san'atimiz har qanday vaziyatni yumshata olamiz. Alloh hammizga zabon bergan ekan har birimiz go'zal so'zlash, insonlarga tilimiz bilan ziyon yetkazmasligimiz zarur. Notiqlik san'ati har doim barcha xalqlar tomonidan qadrlangan. Notiqlik san'ati - bu ishontirish tinglovchilarga asosan til ta'sirining turli shakllari. Go'zal gapirish orqali insonlarga ta'lim berish, zavqlanish, ilhom berish katta rol o'ynaydi. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, notiqlik san'atiga hissa qo'shgan Buyuk zotlardan biri Demosfendir. O'zining go'zal nutqi bilan insonlarni ortidan chorlagan. O'zining jismonan kamchiligini bartaraf etib, chiroyli gapirish sirlarini mukammal egalagan. Yoshligida ovozi juda past va "r" harfini talafuz qilolmasdi. Shu vaziyatlarga qaramasdan, u o'z ustida ishlab, ko'p mashqlar qilish orqali notiqlik san'tini yuqori choqisiga erishadi. Demosfen o'zining nutqlarida jamoatga chiqishida asosan odamlarning ruhiyati, ularning ixtiyori va hissiyotiga ta'sir qilishga kuch berar edi.

2. Qanday qilib gapirishni bilmay, har qanday sohada muvaffaqqiyat qozonish qiyin: harbiy, diplomatik, tijorat sohalarida va boshqalarida shuningdek. Ba'zi notiqlik janrlari rasmiy hujjatlarga asoslanganligi sababli rasmiy biznes va ilmiy uslubning o'ziga xos xususiyatlariga ega. Notiqlik qadimgi faylasuflar ta'kidlaganidek, bu murakkab hodisalarni bilish, talqin qilish usuli bo'lib, odamlarga bilim yetkazishi kerak. U faktlar, hodisalar, raqamlar bilan ishlaydi, ularni ma'lum bir tizimga soladi. Notiqlik san'ati - Bu aql, mantiqiy fikrlashni, umumlashtirishni o'rgatadigan fan. Tibbiyot sohasini oladigan bo'lsak, shifokor o'z bemoriga shirin so'z gapirish orqali, uning davolanishiga yordam ko'rsatishi ham mumkin. Yoki sudda advakat o'zining jo'shqin gaplari bilan javobgarni oqlanishiga sababchi bo'lish mumkin. Har sohada go'zal gapirish foydali taraflar ko'p. Tilni buzmasdan notiqlik san’atiga muofiq holda so’z yuritgan insonlarga hurmatimiz katta bo’ladi va ishga taklifimiz ham oshadi negaki nutqi go’zal insonlar ishonchimizni ko’proq qozonishadi.



3. Notiqlik san'atin Yunonistonda eramizdan avvalgi IV-V asrlarda paydo bo‘ldi. Ammo notiqlik san’atiga ehtiyojning paydo bo‘lishini insoniyat tarixidagi ilk davlatchilikning shakllanishi davri bilan bog‘lash mumkin. Nutq davlatni boshqarish, xalqni hokimiyat atrofida birlashtirish va muayyan maqsadlar sari yo‘naltirish, turli toifadagi odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish kabi ishlarning barini amalga oshirishning bosh vositasidir. Bugungi kunda ham har qanday rahbar ishining samarasi ko‘p jihatdan uning notiqlik mahoratiga bog‘liq. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, jaxon ijtimoiy taraqqiyoti va madaniyati tarixida hech bir davrda Ritorika Yunoniston mamlakatidagi kabi yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilgan emas. Ritorikani rivojiga quldorlik tizimining rivojlanishi, quldorlik demokratiyasi ham sabab bo‘ldi. Bu davrda davlatning savdo-sotiqning, sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etish notiqlik san’atini yuqori darajaga ko‘tardi. Yunonistonda demokratik tizimi o‘rnatish tufayli, xalq majlislarida, kengashlarida, sud yig‘inlarida erkin ravshda so‘zlash imkoniyatlari tug‘ildi. Ritorikaga ehtiyoj Afinada, ayniqsa, juda kuchli bo‘lgan. Xalq to‘plangan fuqaro oldida va’zxonlik qilgan davlat arboblarining g‘alaba yoki mag‘lubiyatlari hammadan burun ularning so‘zga chechanliklari bilan belgilangan: keskin dalillar keltirib, fasoxat bilan so‘zlagan, davlat arboblari xalq nazarida martaba ortirganlar, gapga no‘noqlari nazardan qolib sharmanda bo‘lganlar.

4. Notiqlik barcha avlodlarini o'zlarning shaxslari, tartibli va o'zini tuta bilish kerak. Bu aloqa madaniyati, ya'ni nutq ba'zi turlarning ilmiy tushunchasi uzoq tarixga ega. Biroq yangi avlodlar va notiqlik turlaru mavjud: ichki nutq madaniyati. Inson hayotida, bu vaqt ichida eng katta, eng qiyin va eng uzun blokdir. Aqliy nutq muvaffaqqiyatning kalitidir. Notiqlik san’at hayotimizning go’zal madaniyatimiz, ona tilimizing buyukligini ko’rsatib beradi.
Download 14.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling