Novda va uning tuzilishi novdaning shoxlanish tiplari poyaning xayot kechirish davr turlari
Download 1.67 Mb.
|
Novda va uning tuzilishi novdaning shoxlanish tiplari poyaning x
Tikanlar. Ikki pallali o’simliklarning daraxtsimon va o’tsimon vakillarida uchraydi. Novdaning tikanga aylanishi uning ma'lum darajada suv bug’latish yuzasini kamaytiradi. Tikanlar bundan tashqari o’simlikni hayvonlar yeb qo’yishidan himoya qiladi.
Jingalaklar. Jingalaklar novdaning metamorfozi hisoblanib, ular ham o’simlikning qisman bug’latish yuzasini kamaytiradi. Asosiy vazifasi biror substratga ilashishdir. Jingalaklar uzumdoshlar, qovoqdoshlar va boshqa oila vakillarida uchraydi. Xivichsimon (palaksimon) yashil novdalar. Ular Ispan droki, ritamalar va boshqa o’simliklarda uchrab, barglarini erta to’kadilar (bahorning o’rtalari yoki yozning boshlari), natijada novdalar barg vazifasini bajarishga o’tadi. Fotosintez vazifasini yo’qotgan yer ustki stolonlar asosan vegetativ ko’payish vazifasini bajargani uchun ba'zan ularni gajaklar (qulupnayda) deyiladi. Poya ham odatdagi tuzilishli, o’sishi cheklanmagan polisimmetrik tuzilishdagi o’simlikning vegetativ o’q organi bo’lib, unda barg va kurtaklar bo’ladi. Poyaning asosiy vazifasi tayanch, mineral va organik moddalarni o’tkazishdir, u barg bilan ildizlarni o’zaro bog’laydi. Bulardan tashqari ko’p yillik poyalarda oz miqdorda bo’lsa ham oziq moddalar to’planadi. Epiderma ostida xlorenxima to’qimasi bo’lgan yosh poyalar fotosintez jarayonida faol qatnashadi. Yopiq urug’li o’simliklarning poya va ildiz uchlarida esa bir necha sondagi initsial hujayralar uchratiladi. Ular sitoplazmasining quyuqligi va bir-birlariga nisbatan farq qiladi. Poya va ildizda o’sish konuslarining tuzilishi bir-biridan farq qiladi. Ildizning nozik uchki meristemasi ildiz qini bilan o’ralgan. Uning o’sish konusida uch turdagi hujayralar guruhini ajratish qabul qilingan: tashqi (dermatogen), o’rta (periblema) va ichki (pleroma). Dermatogen qatlami hujayralarning antiklinal, ya'ni o’sish konusi yuzasiga nisbatan perpendikulyar bo’linishi natijasida keyinchalik ildizning birlamchi qoplovchi to’qimasi kelib chiqadi. Periblema qavati bir necha qator hujayralardan iborat bo’lib, uning hujayralari periklinal, ya'ni o’sish konusi yuzasiga nisbatan parallel bo’linadi va ulardan asosiy to’qima hosil bo’ladi. Pleroma hujayralari turli yo’nalishda bo’linish xususiyatiga ega bo’lib, ulardan ildizning mexanik va o’tkazuvchi to’qimalari shakllanadi. Poyaning o’sish konusi biri ikkinchisini yopib turuvchi mayda barglar bilan o’ralgan. Ular poyaning uchki qismi bilan birgalikda kurtak hosil qiladi. Poyaning o’sish konusida odatda ikki turdagi hujayralar guruhi ajratiladi: tashqi qavat (tunika) va ichki (korpus). Tunika hujayralari dermatogen hujayralariga o’xshash antiklinal bo’linish xususiyatiga ega va ulardan poyaning epidermasi hosil bo’ladi. Korpus qavati hujayralari turli yo’nalishda bo’linishi sababli ulardan poyaning birlamchi tuzilishiga xos bo’lgan barcha to’qimalar kelib chiqadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling