Novda va uning tuzilishi novdaning shoxlanish tiplari poyaning xayot kechirish davr turlari


Download 1.67 Mb.
bet2/22
Sana30.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1406443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Novda va uning tuzilishi novdaning shoxlanish tiplari poyaning x

Kurtak - yozilmagan murtak holdagi novdadir. U boshlang’ich myeristematik o’q va uning uchki qismida bir - birining ustini qoplab yotgan har xil yoshdagi barg boshlang’ichlarini, boshlang’ich metamerlar seriyasidan tashkil topgan. Kurtak poyada joylashgan o‘rniga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi. Apikal - uchki kurtaklar. Yon kurtaklar. Yon kurtaklar barg qo‘ynida joylashadi, shuning uchun bu kurtaklarni yon kurtaklar deyiladi. Kurtaklarni faoliyatiga qarab faol kurtaklar va yashirin kurtaklarga ajratiladi. Yashirin kurtaklar daraxtsimon o‘simliklarda ko‘p uchraydi. Qo‘shimcha kurtaklar ildizda, poyada hosil bo‘ladi. Kelib chiqishiga ko‘ra: vegetativ kurtaklar. Gul hosil qiluvchi kurtaklar. Aralash kurtaklarga bo‘linadi. Vegetativ kurtaklardan novda, gul hosil qiluvchi kurtaklardan - gul, aralash kurtaklardan bargli to‘pgul hosil bo‘ladi. Kurtaklarning shakli va o‘lchami har xil bo‘lib, ular yumaloq, konussimon, tuxumsimon, uchi qirrali va uchi qirrasiz bo‘lishi mumkin. Kurtakni novdada joylanishi quyidagi turlarga bo‘linadi. 1. Navbat bilan - spiral, 2. Qarama – qarshi, 3. Xalqasimon shaklda. Qarama - qarshi joylanish siren, pista, yalpiz kabi o‘simliklarda kuzatiladi.
Kurtaklanish — vegetativ koʻpayish xillaridan biri. K.da ova organizmda hosil boʻlgan kurtak—oʻsimtadan yangi organizm rivojlanadi. K. ayrim xaltachali zamburugʻlar, bir qancha bazidiyali zamburugʻlar, shuningdek, gulli oʻsimliklar va jigarsimon yoʻsinlar uchun xos. Hayvonlar orasida K. orqali koʻpayish gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, ayrim infuzoriyalar, halqali chuvalchanglar, mshanklar, qanotjabralilar va qobiqlilar uchun xos. Hayvonlarda K. tashqi va ichki boʻladi. Tashqi K. pariyetal (kurtak ova organizm tanasida hosil boʻladi) va bachki tanali (kurtaklar maxsus bachki — oʻsimtalarda hosil boʻladi) xillarga ajratiladi (mas, ayrim boʻshliqichlilar va qobiqlilarda). Ichki K.da yangi individ ova organizm tanasining ichida, uning ixtisoslashgan qismi hisobidan hosil boʻladi. Gʻovaktanlilarning gemmulasi, mshankalarning statoblasti ichki K. orqali paydo boʻladi. Himoya qobigʻiga ega boʻlgan kurtaklar noqulay sharoit (qishki sovuq, qurgʻoqchilik)da ova organizm nobud boʻlganida turning saqlanib qolishiga imkon beradi. Bir qancha hayvonlarda K. nihoyasiga yetmaydi va yosh organizm ova organizmdan ajralib ketmasligi tufayli koloniya hosil boʻladi. Ova organizmga har xil omillar (mas, kesish, kuydirish) taʼsir ettirib, sunʼiy K. paydo qilish mumkin.
Vegetativ koʻpayish xillaridan biri. Kurtaklanishda ova organizmda hosil boʻlgan kurtak— oʻsimtadan yangi organizm rivojlanadi. Kurtaklanish ayrim xaltachali zamburugʻlar, bir qancha bazidiyali zamburugʻlar, shuningdek, gulli oʻsimliklar va jigarsimon yoʻsinlar uchun xos. Hayvonlar orasida Kurtaklanish orqali koʻpayish gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, ayrim infuzoriyalar, halqali chuvalchanglar, mshanklar, qanotjabralilar va qobiqlilar uchun xos. Hayvonlarda Kurtaklanish tashqi va ichki boʻladi. Tashqi Kurtaklanish pariyetal (kurtak ova organizm tanasida hosil boʻladi) va bachki tanali (kurtaklar maxsus bachki — oʻsimtalarda hosil boʻladi) xillarga ajratiladi (mas, ayrim boʻshliqichlilar va qobiqlilarda). Ichki Kurtaklanishda yangi individ ova organizm tanasining ichida, uning ixtisoslashgan qismi hisobidan hosil boʻladi. Gʻovaktanlilarning gemmulasi, mshankalarning statoblasti ichki Kurtaklanish orqali paydo boʻladi. Himoya qobigʻiga ega boʻlgan kurtaklar noqulay sharoit (qishki sovuq, qurgʻoqchilik)da ova organizm nobud boʻlganida turning saqlanib qolishiga imkon beradi. Bir qancha hayvonlarda Kurtaklanish nihoyasiga yetmaydi va yosh organizm ova organizmdan ajralib ketmasligi tufayli koloniya hosil boʻladi. Ova organizmga har xil omillar (mas, kesish, kuydirish) taʼsir ettirib, sunʼiy Kurtaklanish paydo qilish mumkin.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling