Нтернет тармоғида ишлаш кўникмалари


Ochilgan sahifada quyidagi kataklar to‘ldiriladi


Download 0.9 Mb.
bet7/7
Sana28.05.2020
Hajmi0.9 Mb.
#111117
1   2   3   4   5   6   7
Ochilgan sahifada quyidagi kataklar to‘ldiriladi:
Кому (Kimga) – yangi xat yuborilayatgan elektron pochta qutisining manzili. Agar xat bir nechta joyga yuboriladigan bo‘lsa, manzillar bir – biri bilan vergul yordamida ajratiladi.
Тема (Mavzu) – xatning mavzusi, sarlavha. Elektron pochta tizimining oddiy pochtadan farqli joylarida biri xatning mavzusi degan tushunchadir. Elektron maktubga sarlavha qo‘yish shart emas, bu katakchani bo‘sh qoldirsangiz ham bo‘ladi (odatda, pochta dasturlari «Siz maktubga sarlavha qo‘ymabsiz, nomsiz ketaversinmi?» deb birrov so‘rab qo‘yishadi). Lekin, xatga sarlavha qo‘yish juda qulay va ma’qul narsa. Masalan, «12/212-shartnoma bo‘yicha savollar» degan xat yozsangiz, uning javobi «Re: 12/212-shartnoma bo‘yicha savollar» deb kelsa, yuzlab xatlarning ichidan aynan shu shartnoma bo‘yicha yuborgan savollaringizga qanday javob kelganligini topishingiz oson bo‘ladi.
Mavzuning tagidagi katakka xatning matni kiritiladi.
Elektron pochtaning yana bir muhim imkoniyati – fayl yuborishdir. Biroq, pochta qutilarida faylning yuborish mumkin bo‘lgan o‘lchamlari cheklangan bo‘ladi. Pochta xizmatlari odatda xatga qo‘shib yuboriladigan fayllarning soni va o‘lchami qanchadan oshmasligi kerakligini ko‘rsatib turishadi. Mayl.ru pochta xizmatidan odatda 20 mb gacha bo‘lgan hajmdagi fayl yuborish mumkin. Biroq, bu o‘lchamni sozlash ham mumkin. Buning uchun Отправить файл > 20 mb degan havolani va uning yonidagi “Настроить” havolasini bosiladi. Xatga fayl qo‘shib yuborish uchun Прикрепить файл (Fayl biriktirish) tugmasi bossangiz, kerakli faylni ko‘rsatish oynasi ochiladi. Bu erdan yubormoqchi bo‘lgan faylingizni ko‘rsatib, Открыть (Ochish) tugmasini bosasiz. Faylning katta-kichikligi va internetga ulanish tezligiga qarab, fayl biriktirishga bir necha soniya yoki daqiqa ketadi. Fayl biriktirilgach, uning yonida yashil belgi paydo bo‘ladi. Endi xatni yuborish mumkin. Xatni yuborish uchun Отправить (Yuborilsin) tugmasi bosiladi. Agar xatni keyinroq yubormoqchi bo‘lsangiz, uni saqlab qo‘yish mumkin. Buning uchun Сохранить (Saqlab qo‘yilsin) tugmasini bosasiz. Yozayotgan xatni bekor qilish uchun Отмена (Inkor) tugmasi bosiladi.

https://dasturchi.uz/clessons/cusers/elektron-pochta-haqida-1/



https://yandex.uz/images/search?pos=1&img_url=https%3A%2F%2Fpresent5.com%2Fpresentation%2Ff80858e25c574c4c75f7f3e2d6f3fec3%2Fimage-9.jpg&text=ахборотларни+узатиш&rpt=simage&lr=10335&source=wiz


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling