Nuklein kislotalarni o`rganish tarixi va ularning umumiy tavsifi. Nuklein kislota komponentlari. Nuklein kislotalarning tuzilish darajalari


Download 485.5 Kb.
bet1/2
Sana22.01.2023
Hajmi485.5 Kb.
#1108247
  1   2
Bog'liq
Nuklein kislotalar.


Nuklein kislotalar.
Nuklein kislotalar, kimyoviy tarkibi.
Reja:
  • Nuklein kislotalarni o`rganish tarixi va ularning umumiy tavsifi.
  • Nuklein kislota komponentlari.
  • Nuklein kislotalarning tuzilish darajalari.
  • Nuklein kislotalarning fizik-kimyoviy xossalari

Nuklein kislotalar yangi bir biologik modda sifatida 1868 yili shveystariyalik biolog olim Fridrix Misher tomonidan kashf etilgan edi. U yiringni tashkil qiladigan qon elementlari – leykostitlar yadrosidan fosforga boy noma’lum birikmani ajratib olib, unga “nuklein” nomini beradi. Keyinroq bu modda kislota xossasiga ega bo`lgani uchun “nuklein kislota” deb ataldi. 1891 yilda nemis olimi Kossel bu moddalarni gidroliz qilib, ular 3 xil komponentdan: purin va pirimidinlar qatoriga kiradigan geterostiklik azotli asoslar, uglevod va fosfat kislotadan tashkil topganligini aniqladi.
Shuningdek, u kislotalarning 2 turi mavjudligini ko`rsatdi. Ular keyinroq tarkibiga kiradigan uglevod komponenti – pentozaning riboza yoki dezoksiriboza bo`lishiga qarab ribonuklein kislota(RNK) va dezoksiribonuklein kislota(DNK) nomini oldi.
Mononukleotidlardan tashkil topgan va zanjirda 3¹5¹ - fosfodiefir bog`lari yordamida bog`langan yuqori molekulyar moddalarga nuklein kislotalar yoki polinukleotidlar deyiladi.
Hujayra tarkibidagi DNK va RNKning umumiy miqdori uning funkstional holatiga bog`liq bo`ladi. Masalan, urug` hujayralari (s’ermatozoidlar)da DNK hujayra quruq massasining 60% ini, ko’pchilik hujayralarda 1-10, muskullarda esa 0,2 % bo`ladi.
Yadrosi shakllanmagan bakteriya hujayralari (prokariotlar) da DNK molekulasi sitoplazmaning maxsus zonasida – nukleoidda joylashgan bo`ladi. Agar u bakteriyaning hujayra membranasi bilan bog`langan bo`lsa, mezosoma deb aytiladi. Kichik o`lchamli DNK bo`laklari bunday xromosomali zonadan tashqarida joylashgan bo`lib, bakteriyalarda bunday qismlar ‘lazmidalar deyiladi.
Yadrosi to`la shakllangan hujayralar (eukariotlar) da DNK yadro bilan yadrocha oralig`ida – xromosomalar tarkibida hamda yadrodan tashqari organoidlar (mitoxondriya va xloro’lastlar)da bo`ladi. Hujayraning taxminan 1-3 % DNK si yadrodan tashqariga, qolgan qismi esa yadro ichida taqsimlangan bo`ladi. DNK dan farqli ravishda RNK hujayrada tekisroq taqsimlangan.
Ajratib olingan va tozalangan DNK va RNK maxsus sharoitda kislota (DNK) va ishqor (RNK) bilan gidrolizlanadi; ko’pincha gidroliz polinukleotidlardagi fosfodiefir bog`larini uzadigan maxsus fermentlar – nukleazalar ishtirokida boradi. Nuklein kislotalarning fosfodiefir bog`lari gidroliz qilinganda ularning struktura monomerlari – azotli asos, pentoza va fosfat kislota qoldiqlaridan iborat mononukleotidlar ajralib chiqadi.
Azotli asoslar. Nuklein kislotalarning azotli asoslari kimyoviy tuzilishiga ko`ra 2 guruhga – purin va pirimidinli guruhlarga bo`linadi. Ularning orasida asosiy va siyrak (minor) purin va pirimidinli asoslar mavjud. Eng muhim purinli asoslarga adenin va guanin; pirimidinliga esa – sitozin, urastil va timin kiradi. DNK tarkibiga A,G,S,T; RNK tarkibiga esa timindan boshqa shu asoslarning hammasi va urastil kiradi. Minor asoslar asosan tRNK va rRNK da uchraydi. Ularga qo`shimcha metillangan purin va pirimidinli asoslar kiradi.
Nuklein kislotalari (RNK va DNK) polimerlardir nukleotidlardan qurilgan. Ularning yordami bilan qafasda saqlanadigan va uzatiladigan genetik ma'lumotlar; bundan tashqari, ba'zi RNK molekulalari ham ishtirok etadilar
Nukleozidlar. Azotli asosning pentoza bilan birikishidan hosil bo`lgan moddaga nukleozid deb aytiladi. Nukleozidlar N-glikozidlarga mansub. Ularda pentozaning C-1 atomi purinning N-3 yoki pirimidinning N-1 atomi bilan bog`langan. pentoza turiga qarab 2 xil nukleozidlar – tarkibida 2-dezoksiriboza bo`lgan dezoksiribonukleozidlar va tarkibida riboza bo`lgan ribonukleozidlar farqlanadi. Dezoksiribonukleozidlar faqat DNK ga; ribonukleozidlar esa faqat RNK ga kiradi. pirimidin va purinli nukleozidlar o`ziga mos azotli asoslar tutadi.

Download 485.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling