Nukus-2013 mavzu. KİRİSh. HayoTİy faoliYat xavfsiZLİGİNİng asosiy nuchalari. Fanning predmeti, obekti, maqsadi va mazmuni. Reja


Download 479 Kb.
bet25/39
Sana28.12.2022
Hajmi479 Kb.
#1024023
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
Nukus-2013 mavzu. K R Sh. HayoT y faoliYat xavfsiZL G N ng asosi

Sovuq urishinig
1 –darajasiga birinchi yordam tadbiralrining uzi kifoya qiladi.
2- darajasida esa pufaklar olinadi va aseptic yoki muzli bog`lam quyiladi, 5-7 kun utkach fizioterapevtik muolajalar qullaniladi.
3-4 darajasida shish va zaharlanishni kamaytirish uchun ba`zan nekrotomiya va nekroektomiya utkaziladi: nekrozlangan tuqimalar umuman olibtashlanadi, qul – oyoqlar amputatsiya qilinadi.
MUZLASh organizmga past harorat umumiy ta`sir qilishi natijasida sodir bwladi. Bunda hayot uchun muhim a`zolarda chuqur, qaytmas uzgarishlar sodir buladiki, bular ulimga olib kelishi mumin. Shikastlangan kishi bushashadi, junjiydi, charchaydi uyqudan boshini kutara olmaydi. Puls sekinlashadi, nafas yuzaki bwlib qoaldi.
QALTİRASh urtahca past haroratda uzoq vaqtgacga bir nehca marta ta`sir qilishi natijasida paydo buladi. Kwpincha oyoq va qul panjasi qaltiraydi. urush davrida bunday hodisalar askarlarda kuzatilganda bu- “transheya oyoq panjasi”deb nom olgan.Bunda terida tuq qizil tusga kiradigan yoki kukimtir qizil dog`lar paydo buladi. teri sal shihsadi, qichishadi, achishadi va oz- moz bezillab og`riydi.`
Sovuq urishini umumiy davoalshda yuqoti kallotiyali, oqsillar va vitaminlarga boy ovqatlar buyurish zarur. İnfeksiyaga qarshi kurashish uchun antibiotiklar qullaniladi. toksilozni lkamaytirish uchun qon, qon urnini bosadigan suyuqliklar quyish, kwp syuqlik ichirish tavsiya etiladi.


11.MAVZU. İNSON ORGANİZMİGA ELEKTR TOKİNİNG TA`SİRİ, ShOShİLİNCh TİBBİY YoRDAM XİZMATİNİ ChAQİRİSh.
Reja:

1. Elektr tokining odam va hayvonlarga ta`siri


2. Elektr tokidan jarohatlanish sabablari va uning oldini olish
3.Elektr toki ta`siri tufayli kelib chiqadigan jarohatlanishdan himoyalanish tadbirlari
4. Statik elektr toki va undan himoyalanish

1.Qishloq xwjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish omillaridan biri uni elektrlashtirishdir. U mehnatni engillashtirish bilan bir qatorda odamlar hayotiga va sog`ligiga juda katta xavf tug`diradi. Boshqa xavfli manbalardan elektr tokini asboblarsiz va ma`lum masofada turmasdan aniqlab bwlmaydi.


Elektr toki bilan jarohatlanishlar umuman olganda 0,5-1,0 % ni tashkil etadi. Ammo ulardan elektr toki natijasida wlim bilan tugagani 20-40 % ga twg`ri keladi.
Elektr jarohat- elektr toki yoki elektr yoyi ta`siri natijasida kelib chiqqan jarohatdir.
Elektr tokidan har xil sharoitlar: sim yoki tok wtkazuvchi ochiq qismlarga tegib ketishdan, himoyalanganligi buzilgan bwlsa, yoy orqali elektr tokini ta`sir qilishi, uskunalarning metall qismlariga tegib ketishdan, tasodifan kuchlanish ostiga tushib qolish, elektr uzatuvchi qismlarga katta wlchamli mashinalarning(avtokranlar, don wrish va paxta terish kombaynlari) ruxsat etilmagan darajada yaqinlashuvi va boshqalarda jarohatlanish mumkin.
Elektr xavfsizlik(GOST 12.1.009-76) – tashkiliy va texnik chora- tadbirlar tizimi va vositalaridir, ular odamlarni elektr maydonidan va statik (turg`un) elektr tokini zararli va xavfli ta`siridan himoyalanishini ta`minlaydi.
Elektr tokining odam organizmiga va hayvonlarga ta`siri juda wziga xos murakkab shaklda vujudga keladi. Organizmdan elektr tokining wtishi natijasida kimyoviy, issiqlik va biologik ta`sir kwrsatadi. Kimyoviy ta`sir tufayli qon tarkibidagi moddalar va boshqa organik suyuqliklar parchalanadi. Issiqlik ta`siri natijasida terining ayrim qismlari kuyadi. Elektr tokining biologik ta`siri natijasida organizmdagi tirik hujayralar qwzg`aladi, teri qichishadi, tomir tortishadi va muskullar qisqaradi. lektr toki urishi katta xavf tug`diradi, u butun organizmni jarohatlaydi, asab sistemasini, yurak va nafas olish organlarini twliq yoki qisman falajlashi mumkin.
Organizmni elektr tokidan jarohatlanishiga bir necha omillar: tok kuchi, insonning qarshiligi, kuchlanish qiymati, tok chastotasi va turi, ta`sir qilish muddati. shungdek odam organizmining alohida xususiyatlari ta`sir kwrsatadi.
Xavf yuz berishi mumkin bwlgan quydagi tok qiymatlarini ajratish mumkin:
1.Seziluvchan tok (2mA gacha)- organizmdan wtganda sezilarli qwzg`atishni keltirib chiqaradi;
2. Qwyib yubormaydigan tok (10-25mA)- organizmdan wtganda qwl muskullarida engib bwlmaydigan tomir tortishishlar rwy beradi.
3. Fibrilyatsion tok (50 mA dan yuqori)- organizmdan wtganda yurakni fibrilyatsiyalaydi (yurak muskullarining tartibsiz qisqarishi).
Elektr tokidan jarohatlanishda odam tanasining qarshiligi katta ahamiyatga ega. Odam tanasining elektr tokiga qarshiligi keng 100000 dan 1000 Om oraliqda wzgaradi vat eri qoplamining holatiga (qruq, nam, dag`allashgan, shikastlanmagan yoki shikastlangan teri), bog`lanishning maydoni va zichligiga, shungdek wtayotgan tokning kuchi va chastotasiga va ta`sir qilish muddatiga bog`liqdir. Charchaganda, kasallanganda, terlaganda, elektr qurilmalari ostida ishlayotganda diqqat e`tibor boshqa narsaga chalg`iganda organizmning elektr toki ta`siriga qarshiligi keskin kamayadi. Yuragi kasal, terisida qichima kasalligi bor, oshqozoni yara, epilepsiya bilan og`rigan, jigar hamda buyragi kasal va boshqa kasalliklari bor kishilar elektr qurilmalarida ishlashga yo`l qwyilmaydi.
Hayvonlarning organizmiga ham elektr toki, odamlardagi kabi ta`sir qiladi. Hayvonlar qanchalik og`ir bwlsa, elektr tokiga qarshiligi shuncha kwpayadi. Tok qiymati 100 mA bwlganda, yurak faoliyatida yoki nafas olishning ishida hech qanday wzgarish bwlmaydi. Ammo hayvon tanasining qarshiligi, odam tanasining qarshiligidan ancha kam. Yirik shoxli mollarning oldingi va orqa oyoqlari orasidagi tana qarshiligi 400-600 Om, hayvon yiqilganda esa 50-100 Om gacha kamayadi.
Hayvonlarga kichik kuchlanishlar bilan har doim ta`sir qilib turilsa, ular mahsuldorligi kamayib ketishi kuzatilgan. Agar kuchlanishning kattaligi 4-8 V bwlsa, sut berish 20-40 % ga kamayadi.
Qishloq xwjaligida, odatda, wzgaruvchan elektr tokidan foydalaniladi. Kwpgina jihozlar 380 V kuchlanish bilan ishlaydi, yoritish uchun uchun esa 220 va 127 V kuchlanishlardan foydalaniladi. Elektr xavfsizligi shartlariga kwra, elektr qurilmalar 1000 V gacha va 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarga bwlinadi.
2. Elektr toki urishiga kishining elektr zanjiriga ulanib qolishi sabab bwladi. Elektr tokiga ulanib qolishning ikki xil shakli bor: ikkita sim orasida ulanib qolish va sim bilan er orasida ulanib qolish.Ikkala holda ham jarohatlanish darajasi kuchlanish kattaligiga, pol va poyafzal himoyalanishning holatiga, ishlab chiqarish xonasidagi muhit sharoitiga, simlarga tekkan paytda kishining holatiga bog`liq. Tana, qwllar orqali tok wtishi eng xavfli hisoblanadi, chunki tok wtadigan yo`lda yurak, wpka, miya joylashgan. Odamning elektr tokidan jarohatlanishining boshqa hollariga quydagilar sabab bwladi:
1.Elektr qurilmalarini wrnatish va ulardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishi;
2. Elektr jihozlarining kuchlanish ostida qolgan tok wtkazmaydigan metall qismlarga tegib ketishi;
Jarohatlanishning xavfsiz mehnat usullarini bilmaslik.
3.Elektr tokidan jarohatlanish sabablarini kwrib chiqishda jarohatlanishga sabab bwlgan elektr jihozlarini mufassal kwzdan kechirish lozim. Jihoz va elektr tarmog`i twg`risidagi ma`lumotlarni, qurilmaning kwchlanish kattaligi, chastotasi, quvvatini, simlarning markasini, tarmoqning hamda ta`minlash manbaining erga nisbatan himoyalash (izolyatsiyalash) tartibini, asboblarning jarohatlanishdan oldingi va keyingi kwrsatishlarini, jarohatlangan kishining kiyimi hamda poyafzalining holatini (quruq, nam, zaxligini); havo haroratini aniqlab olish kerak.
3. Qishloq xwjaligida elektr tokidan jarohatlanishning oldini olish
uchun profilaktik ishlar wtkazish zarur. Ular quydagilardan iboratdir:
1. İshlab turgan butun elektr jihozlarini istimolchilarning elektr qurilmalarini ishlatishda rioya qilinadigan TİQ (texnik ishlatish qoidaliri) va XTQ (xavfsizlik texnikasi qoidalari)talablariga javob beradigan holatga keltirish.
2. Mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, elektr qurilmalar bilan ishlash xavfsizligini oshiradigan qwshimcha tadbirlar kwrish.
3. Elektr asbobolarini, tezda almashlab ulashlarni, ta`mirlash ishlarini pasaytirilgan kuchlanishga wtkazish.
4. İshlatiladigan shaxsiy himoyalanish vositalarini takomillashtirish.
5. Xavfsiz mehnat usullarini kwrsatish orqali odamlarning wqish sifatini yaxshilash.
Elektr tokidan jarohatlanish kwpincha muhitga bog`liq, qaerda elektr qurilmalar ishlatilsa, elektr qurilmalarning tok wtkazadigan va simlarning himoya qismlarini yuqori namlik, gazlarning ta`siri sekin-asta emiradi. Atrof muhit namligining yuqori bwlishi tana qarshiligini kamaytiradi.
Atrof muhitga qarab elektr havfsizligi uch guruhga:
xavfi kam bwlgan,
xavfi yuqori bwlgan va
wta xavfli xonalarga bwlinadi.
Xavfi yuqori xonalar pollar tok wtkazuvchan (metall, tuproqli, betonli), xonalarning namligi (havoning nisbiy namligi 75 % dan yuqori) yoki tok wtkazuvchan changlarning mavjudligi, havo haroratining yuqoriligi (Q300 dan yuqori); er bilan ulangan bino va uskunalarning metalkonstruktsiyalari hamda elektr jihozlarining metall korpuslariga ishchining bir vaqtda tegib qolish ehtimoli borligi bilan harakterlanadi. wta xavfli xonalar havoning nisbiy namligi 100% ga yaqin, muhitning kimyoviy aktivligining (kislota bug`lari, ishqorlar), yuqori bwlishi shuningdek, ikki shartlarni bir vaqtda mavjudligi bilan tavsiflanadi. Shu kategoriyalarga ochiq maydonlarda, xonadan tashqarida ishlatilayotgan. Elektr qurilmalarni kiritish mumkin. Qishloq xwjaligidagi kwpchilik xonalar yuqori xavfli xonalarga kiradi (poli er xonalar) yoki wta xavfli (molxonalar, chwchqaxonalar, issiqxonalar va boshqalar .
Elektr qurilmalarini ishlatishda yuz beradigan asosiy avariyalardan biri himoyalovchi (izolyatsiya) ning shikastlanishidir. Tok wtkazuvchi qismlarning kuchlanishiga mos keladigan himoyalanish (ETQ) vositalari tanlanadi. Elektr simlarini himoyalagichining erga nisbatan qarshiligi 0,5 Om dan kam bwlmasligi kerak. Yuqori harorat, agressiv suyuqliklar va boshqa zararli omillar ta`sir etadigan sharoitlarda himoyalagich holatini hamisha nazorat qilib turish, ya`ni jihozni ta`mirlash vaqtida hamda ishga tushirish oldidan qarshiligini wlchash lozim. Himoyalagich yaxshi ishlashi uchun u eng pasidan (nominaldan) 5-6 marta katta kuchlanish bilan profilaktik sinovdan wtkaziladi.
İshlovchilarni himoyalash maqsadida elektr qurilmalarining hamma tok wtkazmaydigan metall qismlari va elektr jihozlarining korpusi ishonchli qilib erga ulanadi. Erga ulash simlari erga ulagichlarga va erga ulanadigan konstruktsiyalarga payvandlab, mashinalar, apparatlar korpusiga esa payvandlab yoki boltlar yordamida mustahkam qilib ulanadi. Egiluvchan erga ulash simlarining uchlariga albatta uchliklar payvandlanadi. elektr tarmog`ining shikastlangan qismlarini uzib qwyish uchun ishlab chiqarishda tez ishlab ketadigan avtomatik uzgichlar wrnatiladi.
4. Ma`lumki, ikki dielektrik moddalarni bir-biri bilan ishqalanishi natijasida, ularda elektr zaryadlari hosil bwladi va twplanadi, bu statik degan nom olgan. Bunday zaryadlar, bir shkivdan ikkinchisiga aylanma harakat uzatilganda tasmalarda hosil bwladi, agar u holatda tasmani shkivga ishqalanish va sirpanish hollari bwlsagina amalga oshadi. Statik zaryadlar metall quvurlari orqali wtadigan suyuqliklarning devoriga ishqalanish natijasida hosil bwladi. Ayniqsa xavfli zaryadlar dielektrik suyuqliklarni havo bwylab tez harakati natijasida hosil bwladi (masalan, sig`imlarni tubigacha etmagan shlanglar orqali metall sig`imlarga benzin, kerosin quyganda). Bu holda trubalarda ishqalanish natijasida suyuqliklarda hosil bwlgan zaryadlar shuningdek, gazlar va bug`larni siqqanda yoki tez kengaytirganda hosil bwlishi mumkin.
Statik zaryadlar odam va yong`in xavfsizligi uchun xavflidir. Elektrostatik zaryadlardan himoyalanishning asosiy chora-tadbirlari suyuqliklari qwzg`atishda (bir joydan ikkinchi joyga etkazishda) ishlatiladigan uskunalarni, quvur yullarini yoki metall sig`imlarini erga ulash yuli bilan zaryadlarni erga wtkazib yuboriladi. Shuningdek, quyidagi talablarni bajarish shart:
- dielektrik suyuqliklarni oqizganda shlangani sig`imning tubigacha tushirish lozim;
- dielektrik suyuqliklarni tashish paytida sig`im erga osilib sudraladigan zanjir yordamida erga ulangan bwlishi kerak;
- qayishli uzatmalarda elektr zaryadlarini hosil bwlishini kamaytirish maqsadida qayishlarni moylab turish tavsiya qilinadi;
- vaqt-vaqti bilan xonalarni umumiy nisbiy namligini 70 % chiqarib namlab turish zarur;
- uskunalarda elektr zaryadlarini paydo bwlishini va ularni hosil bwlish sabablarini yo`qotish tadbirlarini har doim nazorat qilib turish kerak.
Mavzu bwyicha savollar

  1. Elektr tokidan erga ulab muhofazalashning mohiyati nimaq

  2. Elektr tokidan muhofazalashning umumiy usullarini aytingq


Download 479 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling