Grafika va orfografiya. Grafika haqida ma‘lumot: grafikaning muayyan til
birliklarini (fonema, aktsentema, intonema, leksema, morfemalarni) yozuvda
ifodalash uchun maxsus shakllantirilgan optik-grafik belgilar tizimi ekanligi.
Grafemaning bilateral (ifoda va mazmun planlariga ega) belgi sifatidagi tavsifi. Bu
belgining mazmun planida til birliklarining kodlashtirilishi. Grafema va fonema
o‗rtasidagi umumiy va xususiy jihatlar. Grafemalarning tildagi muqobili
(kodlashtirilgan referenti) va yozuvdagi vazifalariga ko‗ra tiplari: fonografema,
prosodemografema, logografema, orfografik belgi va signalizatorlar.
Fonografemalar, ularning ifoda planiga (harflar miqdoriga) ko‗ra turlari:
monograflar va poligraflar. Mazmun planiga (kodlashtirilgan fonema miqdoriga)
ko‗ra fonografemalarning turlari: monofonemali va polifonemali (bifonemali)
grafemalar.
Prosodemografemalar tovush tilning ritmik-intonatsion vosialarini (urg‗u,
ohang, melodika, pauzalarni) yozuvda ifodalash uun xizmat qiluvchi noharfiy
belgilar guruhi ekanligi, ularning turlari (urg‗u belgisi, tinish belgilari).
Logografemalar va morfografemalar tilning ma‘noli birliklarini (leksema
va morfemalarni) ifodalash uchun xizmat qiluvchi optik-grafik belgilar sifatida:
raqamlar (arab va rim raqamlari), simvollar.
Orfografik belgilar (defis) va signalizatorlar (ayirish belgisi, yumshatish
belgisi, tutuq beligisi, razryadka, kursiv va boshqalar).
Yangi (lotincha) o‗zbek yozuvining grafik tizimi, uning harfiy va noharfiy
belgilari. Yangi (lotincha) o‗zbek yozuvi grafik tizimining amaldagi (kirillcha)
o‗zbek yozuvi grafik tizimidan farqlari.
Orfografiya yozuv tizimining ikkinchi komponenti (birinchisi-grafika)
ekanligi, uning to‗g‗ri yozish me‘yorlarini belgilaydigan qoidalardan iboratligi.
Orfografiya va grafika o‗rtasidagi farqlar: grafemalarning kodlashtirishga,
orfogrammalarning esa tanlashga asoslanganligi.
Orfografiya prinsiplari: fonetik, fonematik, morflogik, grafik, tarixiy-
an‘anaviy, ramziy (simvolik, differensial), shakliy-an‘anaviy va semantik-uslubiy
prinsiplar.
Do'stlaringiz bilan baham: |