Nukus davlat pedagogika instituti "kelishilgan"


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/196
Sana05.08.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1665390
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   196
Bog'liq
Нукус ДПИ 2019 магистратура дастури

Grafika va orfografiya.  Grafika haqida ma‘lumot: grafikaning muayyan til 
birliklarini (fonema, aktsentema, intonema, leksema, morfemalarni) yozuvda 
ifodalash uchun maxsus shakllantirilgan optik-grafik belgilar tizimi ekanligi. 
Grafemaning bilateral (ifoda va mazmun planlariga ega) belgi sifatidagi tavsifi. Bu 
belgining mazmun planida til birliklarining kodlashtirilishi. Grafema va fonema 
o‗rtasidagi umumiy va xususiy jihatlar. Grafemalarning tildagi muqobili 
(kodlashtirilgan referenti) va yozuvdagi vazifalariga ko‗ra tiplari: fonografema, 
prosodemografema, logografema, orfografik belgi va signalizatorlar. 
Fonografemalar, ularning ifoda planiga (harflar miqdoriga) ko‗ra turlari: 
monograflar va poligraflar. Mazmun planiga (kodlashtirilgan fonema miqdoriga) 
ko‗ra fonografemalarning turlari: monofonemali va polifonemali (bifonemali) 
grafemalar.
Prosodemografemalar tovush tilning ritmik-intonatsion vosialarini (urg‗u, 
ohang, melodika, pauzalarni) yozuvda ifodalash uun xizmat qiluvchi noharfiy 
belgilar guruhi ekanligi, ularning turlari (urg‗u belgisi, tinish belgilari).
Logografemalar va morfografemalar tilning ma‘noli birliklarini (leksema 
va morfemalarni) ifodalash uchun xizmat qiluvchi optik-grafik belgilar sifatida: 
raqamlar (arab va rim raqamlari), simvollar.
Orfografik belgilar (defis) va signalizatorlar (ayirish belgisi, yumshatish 
belgisi, tutuq beligisi, razryadka, kursiv va boshqalar).
Yangi (lotincha) o‗zbek yozuvining grafik tizimi, uning harfiy va noharfiy 
belgilari. Yangi (lotincha) o‗zbek yozuvi grafik tizimining amaldagi (kirillcha) 
o‗zbek yozuvi grafik tizimidan farqlari. 
Orfografiya yozuv tizimining ikkinchi komponenti (birinchisi-grafika) 
ekanligi, uning to‗g‗ri yozish me‘yorlarini belgilaydigan qoidalardan iboratligi. 
Orfografiya va grafika o‗rtasidagi farqlar: grafemalarning kodlashtirishga, 
orfogrammalarning esa tanlashga asoslanganligi. 
Orfografiya prinsiplari: fonetik, fonematik, morflogik, grafik, tarixiy-
an‘anaviy, ramziy (simvolik, differensial), shakliy-an‘anaviy va semantik-uslubiy 
prinsiplar. 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling