Nukus davlat pedagogika instituti "kelishilgan"
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Нукус ДПИ 2019 магистратура дастури
- Bu sahifa navigatsiya:
- Morfemika va so„z yasalishi
Leksikografiya. Leksikografiya haqida ma‘lumot. Lug‗atlarning ko‗zlangan
maqsadga ko‗ra tiplari: qomusiy (entsiklopedik) lug‗atlar va lisoniy (lingvistik) lug‗atlar. Entsiklopedik lug‗atlarning turlari: universal entsiklopediyalar va soha entsiklopediyalari. Lingvistik lug‗atlarning turlari: Umumiy lug‗atlar va xususiy (maxsus) lug‗atlar. Tanlangan tillar miqdoriga ko‗ra lug‗at turlari: bir tilli, ikki tilli va ko‗p tilli lug‗atlar. Izohli va izohsiz lug‗atlar. Obyektiga ko‗ra lug‗at turlari: terminologik lug‗atlar, frazeologik lug‗atlar, orfografik lug‗atlar, orfoepik lug‗atlar, toponimik lug‗atlar, sinonimlar lug‗ati, chastota lug‗ati, dialektologik lug‗atlar, tarixiy lug‗atlar, baynalminal so‗zlar lug‗ati, teskari lug‗atlar, etimologik lug‗at va boshqalar. Lug‗at maqollarini joylashtirish tartibi va maqola sxemalari. O‗zbek lug‗atchiligi tarixidan qisqacha ma‘lumot. Morfemika va so„z yasalishi Morfemika grammatikaning alohida bir bo‗limi ekanligi. Morfema so‗zning ifoda planida tovushdan keyin turadigan semantik- morfologik birlik ekanligi. 82 So‗zning morfem tarkibi: so‗zda morfemalar chegarasini aniqlash. Morfemalar chegarasini aniqlashda chog‗ishtirishning ahamiyati. So‗zning o‗zak va affiksal morfemalardan tarkib topishi. O‗zak va affiksal morfema. O‗zak morfema so‗zning leksik ma‘nosini bildiradigan asosiy qismi ekanligi. Asosiy morfema hamda ergash morfema yoki yordamchi morfema terminlari haqida. O‗zak tilida affiks morfemalarning belgilari. O‗zbek tilida affiks morfemalarning vujudga kelishi. Affiks morfemalarning tasnifi, turlari. Affiksal omonimiya, sinonimiya, antonimiya. So‗zning morfem tarkibida o‗zgarishlar. Bunday o‗zgarishlarga olib keluvchi omillar. Affikslar qo‗shish bilan sodir bo‗ladigan o‗zgarishlar. Soddalanish hodisasi haqida ma‘lumot. Morfologik qayta bo‗linish hodisasi.Qo‗sh qo‗llanish hodisasi (pleonazm). So‗z yasalishi. So‗z yasalishi tilshunoslikning ayrim bir bo‗limi ekanligi. So‗z yasalishining tilshunoslikning fonetika, leksikologiya, grammatika kabi bo‗limlari bilan uzviy bog‗liqligi. Hozirgi (sinxron) va tarixiy (diaxron) so‗z yasalishi haqida. So‗z yasalish strukturasi. So‗z yasalish strukturasining morfem strukturadan hamda morfologik strukturadan farqi. Yasovchi asos va yasovchi affiks, ularning o‗ziga xos xususiyatlari. Qo‗shma affikslar haqida ma‘lumot. Yasama leksemaning tuzilishiga ko‗ra sodda va qo‗shma turlari. So‗z yasalish usullari. Affiksatsiya usuli. Fonetik usul. Sintaktik-leksik usul. Semantik usul. Kompozitsiya usuli. So‗z turkumlarida so‗z yasalishi. So‗z turkumlarida so‗z yasalishi haqida umumiy ma‘lumot. Ot, sifat, fe‘l, ravish so‗z turkumlarida so‗z yasalishi. Ravish yasalishi haqidagi zamonaviy qarashlar. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling