Nukus davlat pedagogika instituti "kelishilgan"


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/196
Sana05.08.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1665390
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   196
Bog'liq
Нукус ДПИ 2019 магистратура дастури

So„z birikmasi. So‗z birikmasi sintaktik birlik sifatida. So‗z birikmasi bir 
so‗zning boshqa so‗zga qo‗shilish imkoniyati- valentligiga tayanishi. So‗zning 3 
xil valentligi: sintaktik, semantik va leksik valentlik. So‗z birikmasi va sintagma. 
So‗z birikmasi va sintagmaning bir-biriga o‗xshash tomonlari va farqi. 
Sintagmalanish nutqning grammatik, mazmun jihati bilan bog‗langan hodisa ekani. 
So‗z birikmasining ma‘nosi va vazifasi. Erkin va turg‗un birikmalar. Erkin so‗z 
birikmalarining turg‗un birikmalardan farqi. So‗z birikmasining morfologik 
tabiatiga ko‗ra turlari: otli birikma, fe‘lli birikma va ravish-sifatli birikma 
ko‗rinishida kelishi. So‗z birikmasining struktural xususiyatlari: sodda birikma va 
murakkab birikma. 
Gap. Gapning semantik strukturasi. Predikativlik. Gap mundarijasining real 
voqelik bilan aloqadorlik hodisasi predikatsiya hisoblanishi. Predikativlik 
modallik, zamon va shaxs-son kategoriyalari bilan bog‗liqligi. Modallik gap 
mundarijasining voqelikka munosabatini ifodalashi, zamon (aytilayotgan fikrning 
nutq momentiga bo‗lgan munosabati)ni bildirish, shaxs yesa harakat bajaruvchisini 
ko‗rsatishi. Gapdagi predikativlikni ifodalovchi shakllar tizimi gapning 
paradigmasi hisoblanishi. Gapning grammatik kategoriyalari: grammatik shaxs 
kategoriyasi, grammatik zamon kategoriyasi, kommunikativ kategoriyasi, ifoda 
maqsadi kategoriyasi, modallik kategoriyasi.
Gapning intonatsion xususiyatlari. Og‗zaki nutqda gapning grammatik-fikriy 
bir butun ekanligini intonatsiya bildirishi. So‗z, so‗z birikmasi va gapni farqlovchi 
asosiy vositalardan biri intonatsiya ekanligi. 
Gaplarning tasnifi. Gaplarning kuzatilgan maqsadga ko‗ra turlari: darak gap, 
so‗roq gap, buyruq va istak gaplar. Har bir turning o‗ziga xos grammatik va 
intonatsion xususiyatlari. Har bir turda modallik xususiyatlarining ifodalanishi. 
Gaplarning tuzilish jihatdan turlari: sodda va qo‗shma gaplar. Sodda 
gaplarning yig‗iq gap va yoyiq gap turlari. Qo‗shma gap, uning sodda gapdan 
farqi, turlari. 
Gaplarning emotsionallikka (his-hayajonni ifodalashiga) ko‗ra turlari. Undov 
gaplarning grammatik, intonatsion xususiyatlari.
Gaplarning modallikka ko‗ra turlari: tasdiq va inkor gaplar. Bunday 
gaplarning o‗ziga xos xususiyatlari.
Sodda gaplarning grammatik asosga ko‗ra turlari. Eganing ishtirokiga ko‗ra 
egasiz (bir sostavli) va egali (ikki sostavli) gaplarga ajratilishi. Bir sostavli gaplar 
tushunchasining yangicha talqini. 
Sodda gap. Yig‗iq va yoyiq gaplar. 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling