Nukus davlat pedagogika instituti Sirtqi bo’lim O’zbek tili va adabiyoti 4-kurs talabasi Allayarova Feruzaning Ta’lim natijalarini baholashning zamonaviy metodlari fanidan “Ta’lim natijalarini baholashni o’rganish muammolari” mavzusidan mustaqil
Download 0.62 Mb.
|
Allayarova F. Ta\'lim texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun rahmat
Nukus davlat pedagogika instituti Sirtqi bo’lim O’zbek tili va adabiyoti 4-kurs talabasi Allayarova Feruzaning Ta’lim natijalarini baholashning zamonaviy metodlari fanidan “Ta’lim natijalarini baholashni o’rganish muammolari” mavzusidan mustaqil ishi Reja: Dastlab “ta’lim texnologiyasi” tushunchasi AQSh olimlari tomonidan kiritilgan (birinchi bor amerikalik psixolog B.Skinner tomonidan qo’llanilgan bo’lib, u ta’lim texnologiyalari tushunchasini pedagogika va psixologiyaning eng ilg’or bilimlarini ta’limda uyg’unlashtirish hamda unumli foydalanish, deya izohlagan) va 1940-yillardan 50-yillar o’rtasigacha o’quv jarayonida audio-vizual texnika vositalaridan foydalanishni ifodalagan. O’tgan asrning 50-yillari o’rtasidan 60-yillargacha “ta’lim texnologiyasi” atamasida dasturlashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan. 60-yillar o’rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogik nashrlarda va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbu sohada turli mamlakatlarda (AQSh, Angliya, Yaponiya, Fransiya,Italiya, Vengriya) uni talqin qilish ikki yo’nalishda belgilandi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi pedagogik soha mutaxassislarining ilmiy salohiyati ta’lim texnologiyalari mohiyatini ochib berishga yetadi. Ta’lim texnologiyalarini pedagogik fanning alohida tarmog’i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo’naltirilgan ta’lim yo’nalishi deb qarash ham ma’qul emas. Ta’lim texnologiyasi bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo’nalishga buradi: “o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos bo’lgan, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash” - deb belgilanadi. Demak, ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilanadi, unga mos holda ta’lim mazmunida ham, pedagogik jarayonda ham yangilanish ro’y bermoqda, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Yangi metodikalarni talab etadigan va unga o’zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborot-kommunikatsion, audio-vizual vositalar mavjudki, ular ta’lim texnologiyalarini real voqealikka aylantiriladi. Ta’lim texnologiyalari boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o’quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko’satishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Afsuski, bu jarayon h ozirgi ta’lim tizimida juda qiyin kechyapti, haqiqiy kompyuterli ta’lim texnologiyalari o’zining ilmiy ishlanmasini kutyapdi: “Kompyuterlarning shu kundagi qo’llanishi Ta’lim texnologiyalari masalalari va muammolarini o’rganayotgan pedagog, ilmiy-tadqiqotchi, amaliyotchilarning fikricha, ta’lim texnologiyalari – bu albatta, axborot texnologiyalari bilan bog’liq O’qitish, ta’lim jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan texnik vositalar, kompyuter, masofaviy o’qitishdan foydalanish, deb belgilanadi. Ta’lim texnologiyalarining bog’liq eng asosiy negizi – bu o’qituvchi va talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga, ya’ni o’qitish jarayonida, maqsad bo’yichakafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir vositalar muhim sanaladi. Nazorat qilish, baholash usullari va vositalari: qo’yilgan maqsad va o’ q uv materiallari mazmuniga nisbatan tanlanadi. Agar qo’yilgan maqsad bilan olingan natija bir-biriga mos kelsa, pedagogik jarayon nihoyasiga yetadi. Bunda qo’yilgan maqsad bilan olingan natijaning to’liq mosligini ta’minlashni ko’rsatib o’tish zarur, chunki ular predmetning obyektiv muhim qonunlaridan kelib chiqadi. Etiboringiz uchun rahmat Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling