Nukus konchilik instituti Fan: Amaliy mexanika Mavzu: Fаnning O‘zbekistоn mаshinаsоzligidа tutgаn o‘rni vа rivоjlаnish tаrixi
Download 43.25 Kb.
|
Amaliy mexanika 1
Nukus konchilik institutiFan: Amaliy mexanikaMavzu:Fаnning O‘zbekistоn mаshinаsоzligidа tutgаn o‘rni vа rivоjlаnish tаrixiHayot - tabiatning insonga betakror in’omi, lekin u quvonch, baxt keltirishi uchun, mehnat qilishni, jismoniy mehnatni yengillashtirish, uning an’anaviy shakllarini takomillashtirishni o‘rganish lozim. Buning uchun esa o‘ylash va fikrlashni, izlanishni va yangilikning yaratilishini, ya’ni m a’lum bir ilm-fanga asoslangan mukammal bilimni talab etadiIlm-fan deb, tabiat va jamiyat rivojlanishining va uni o‘rab turgan dunyoga ta ’sir etish qonuniyatini ochib beradigan bilimlar sistemasiga aytiladi. Ilm-fan izlanishining natijasini hayotga amaliy tadbig‘i sifatida yaratilgan ishlab chiqarish qurollari, jihozlari tushuniladi. Texnika deb, ishlab chiqarishda tadbiq etiladigan va uni boshqarishda qatnashadigan mehnat qurollari, jihozlari tushuniladi. Ilm- fanning ilg‘or natijalarini ko‘plab ishlab chiqarishga tadbiq etilishida texnika ta- komillashadi. Buning asosida esa ilmiy-texnika taraqqiyoti kelib chiqadi.Markaziy Osiyoda qadim zamonlardan odamlar daryo sohillarida dehqon- chilik qilishgan, chorvachilik bilan shug‘ullanganlar, sug‘orish inshootlari, turli tuman qurilish inshootlarini qurish bilan shug‘ullanganlar, yigiruvchilik, to‘quvchilik, kulolchilik qilgan, ma'danlar qazib metall eritishni o‘rganib olganlar, zargarlik bilan shug‘ullanganlar, yo‘l qurganlar, osmon yoritgichlarining sirli hara- katlari va yulduzlaming harakat qonunlarini o‘rganganlar. Bular asosida astrono- miya, matematika, tibbiyot, me'morchilik asoslari paydo boigan.0 ‘zbekiston hududida juda qadim zamondan mehnat qurollari va vositalar, xususan ot-arava, suv tegirmoni, charxipalak (chig‘ir), to‘quv dastgohlari va hoka- zolardan foydalanib kelingan. Bular esa mexanika (yunoncha: mechanike - mashina, qurol, inshoot) fanining rivojlanishi asosida yaratildi va sug‘orish, quri- lish, to ‘quvchilik, kulolchilik, m e’morchilik va boshqa sohalarda qo‘llanildi. IX-XV asrlarda aka-uka Banu Musolar, Sobiy ibn Qurra, Umar Hayyom, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, al-Xaziniy, al-Xoriniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek va boshqalaming asarlarida moddiy jismlaming mexanik harakati haqidagi ta’limot va amaliy ishlar yoritilgan.Download 43.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling