Nukus shahar 33-sonli umumta’lim maktabida Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan o’tkazilgan bayram tadbiri bayonnomasi
Download 9.46 Kb.
|
Navoiy bayonnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibi : Alisher Navoiy tavalludi bayram tadbiri Tinglandi
- Qaror qiladi
Nukus shahar 33-sonli umumta’lim maktabida Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan o’tkazilgan bayram tadbiri BAYONNOMASI 9 Fevral 2022 yil Qatnashdi : MMIBDO‘: Aymuratova R, yozuvchilar uyushmasidan Ernazarov B, Utepbergenov A, O‘zbek tili va adabiyot fani o‘qituvchilari Matnazarova Yu, Madirimova I. 5-9-sinf o‘quvchilari. Kun tartibi : Alisher Navoiy tavalludi bayram tadbiri Tinglandi: Tadbirni o‘zbek tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Matnazarova Yulduz Navoiyning g‘azallaridan parchalar keltirib, maktab ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o‘rinbosari Aymuratova Ranoga so‘z navbatini berdi. Tadbir mehmonlari va ishtirokchilarini har yili butun yurtimizda keng ko‘lamda nishonlab kelinayotgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning 581 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan bayram tadbiriga 5-9-sinf o‘quvchilari puxta tayyorgarlik ko‘rganligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.Undan keyin so’z navbati tadbir mehmonlari, yozuvchilar uyushmasidan Ernazarov Beknazar va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Abilqasim Utepbergenovlarga berildi . Shoir Abilqasim Utepbergenov so’zga chiqib, Alisher Navoiy ijodi hamda uning “Hamsa” asarining yaratilish tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyati haqida tadbir qatnashilariga ma’lumot berib o’tdi va bir qator g‘azallaridan aytib berdi.Ustoz so’zining yakunida o’quvchilarga “Navoiyni har kim,har kuni o’qishi kerak” deb ta’kidlab o’tdi. Bayram tadbirida 7-8-9-sinf o‘quvchilari tomonidan “Navoiy va Guli” sahna ko‘rinishi, g‘azallaridan parchalar, shoirning hayoti va ijodi haqida bayram qatnashchilariga ma’lumot berishdi. 6-sinf o’quvchilari tayyorlab kelgan Alisher Navoiyning ruboyilari ketma ketligi bilan ifodali o’qishlari va “Tanovor” raqsi tadbir qatnashchilarining diqqatini tortdi.Bayram tadbirining yakunida Navoiy hayoti va ijodi haqida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga ustozlaridan javob oldilar. Qaror qiladi : 1. Barcha sinf rahbarlar Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida tarbiyaviy soatlarida o’quvchilarga to’liq ma’lumot berilsin. 2.O’quvchilar o’rtasida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy siymosi keng targ’ib qilib borilsin. Maktab direktori: S.Iniyatova . Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirdan fotolavhalar. Download 9.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling