Olma qurtiga qarshi piretroidli preparatlarning biоlogik samaradorligi a. Utepbergenov


Download 0.55 Mb.
Sana10.12.2020
Hajmi0.55 Mb.
#163786
Bog'liq
Бахтияр OLMA QURT QARSHI PIRETROID PREPAR BIОL SAMARADORLIк


OLMA QURTIGA QARSHI PIRETROIDLI PREPARATLARNING BIОLOGIK SAMARADORLIGI

A.Utepbergenov

ToshDAU Nukus filiali Agroximya, o’simliklarni himoya qilish va karantini kafedrasi dоtsenti, q,x,f,n.



B.Atajanov

ToshDAU Nukus filiali O’simliklar himoyasi mutaxassisligi 1-bosqich magistri


Kirish

O’zbekistonda mevali bog’larni ko’paytirish uchun hamma imkoniyatlar mavjud bo’lib, xususan tabiiy iqlim sharoitlari ham mevali daraxtlarni ekib o’stirishga qulaydir. Ammo ko’pchilik mevali daraxtlar bir yerda ko’p yil o’sishi tufayli zararkunandalar ko’payib, ildizdan tortib mevalargacha katta zarar yetkazadi. Keyingi yillarda bir qancha zararkunandalar va kasalliklar bog’larda jiddiy zarar keltirmoqda. Ayniqsa mevali bog’larimizning asosiy qismini tashkil etayotgan olma daraxtlarida olma qurtini zarari beqiyosdir.

I.Aytimov va T.E.To’reniyazovlar (2015) ilmiy ishlarida respublikamizning shimoliy hududlarida meva bog’larida paydo bo’ladigan zararkunanda turlarini o’rganish bo’yicha maxsus kuzatuvlar olib bordilar. Natijada 2014-2015–yillar davomida olib borilgan tajribalarda meva bog’larida uchraydigan va ko’proq zarar keltradigan asosiy zararkunandalar turlari va ularning morfologik belgilari o’rganilgan. Hududimizdagi olma daraxtlarida zarar keltrish darajasi bo’yicha yuqori o’rinda turuvchi olma qurti–Laspeyresia (Carpocapsa) pomonella L. ekanligi aniqlangan. Zararkunanda qurtlari meva ichiga teshib kirib, mevaning urug’larigacha borib zararlaydi.

Odatda, olma qurtiga qarshi ishlatilgan usul yoki vosita samaradorligini mavsum oxirida olingan natijaga qarab aniqlanadi. Lekin olma qurtining har bir bo’g’iniga qarshi olinadigan biologik samara aniqlanmay qolar edi. Olimlarning ijodiy guruhi o’tkazgan tadqiqotlar natijasida quyidagi usul tavsiya etildi. Olma mevaxo’rining har bo’g’iniga qarshi o’tkaziladigan ishlov oldidan tajriba va nazorat (ishlovsiz) variantlaridagi daraxtlardan 10 tasiga biror insektisid shimdirilgan belbog’ bog’lab qo’yiladi. O’tkazilgan ishlovdan keyingi 10 va 20-kunlari belbog’lar tekshirilib, natijadagi farqdan xulosa qilinadi (Sh.T Xo’jayev, E.Xolmuradov, 2014).

Agar olma mevaxo’riga qarshi tizimli kurash choralari o’tkazilmasa, zararlangan mevalar miqdori quyidagi miqdorga yetishi mumkin: ertagi olma navlarida 25-30%, yozgi o’rtagi navlarida 40-50%, kechki navlarida 70% gacha va undan ham yuqori bo’ladi (T.Topvoldiyev, M.Raximov, 2018).

Tajribaning dolzarbligi va ishlab chiqarishdagi ahamiyati. Olma mevasi aholi tamonidan barcha fasllarda toza va qayta ishlangan mahsulot sifatida keng foydalaniladi. Tajribaning dolzarbligi meva bog’larini olma mevaxo’ri zararkunandasidan himoya qilib, yuqori va sifatli mahsulot yetishtirishdan iborat.

Tadqiqot obekti va uslublari. Tadqiqot obekti bo’lib olma bog’i, olma mevaxo’ri zararkunandasi, feromon tutqichlar va piretroidli preparatlar hisoblanadi.

Tajribada feromon tutqichlarni o’rnatish va piretroidli preparatlarni sinash Sh.T.Xo’jaevning (2004) uslubi bo’yicha aniqlandi.



Tajriba natijalari. Tajriba Amudaryo tumani Namuna MMTP ga qarashli olma bog’ida olib borildi. Olma qurtiga qarshi kurash choralarini to’g’ri olib borish va diagnostika maqsadida olma qurtining feromon tutqichlaridan foydalanildi. Bunda bahorgi o’rtacha 10 kunlik harorat 10°C dan oshganda, 23-mart kuni bir gektar olma bog’i uchun bitta feromon tutqichi o’rnatildi (1-rasm).

1-rasm. Feromon tutqichga tushgan olma qurti kapalaklari.


Lekin 18 kunlik kuzatuvda kapalak tushmadi. Keyin tutqichlardagi yelim va kapsulalar almashtrildi. Oradan 3 kun o’tgach 11-aprel kuni o’rtacha kunlik harorati 12,8°C ga ko’tarilganda 2-3 ta kapalak tushgani aniqlandi. 1 haftalik kuzatuvlar natijasida tutqichga tushgan kapalaklar soni o’rtacha 18-20 tani tashkil etdi.

Tutqichlardagi kapalaklar soni ko’pligini inobatga olib, olma bog’lariga piretroidli preparatlar bilan ishlov berildi. Bunda 40% li em.k. Bi-58 (yangi) preparati 3 xil sarf meyorida, gektariga 1,4; 1,6 va 1,8 litr miqdorida, andoza variantida 10% li em.k. Danitol preparatidan gektariga 1,5 litr miqdorida qo’llanildi.

Tajriba 5 ta variantda, 4 qaytalamada olib borildi. Har bir variyantda 10 tadan olma daraxti tanlab olindi.

Tajribamizda zararkunanda soni preparat qo’llashdan oldin va qo’llashdan keyin 3, 7 va 14 kunlarda nazoratga olindi.

Variantlardagi Bi-58 preparatining gektariga 1,4 va 1,6 litr sarf meyorida qo’llanilganda 76,9 va 79,2 foiz biologik samaradorlikni tashkil qildi (1-jadval).

1-jadval


Olma qurtiga qarshi piretroidli preparatlarning biologik samaradorligi

Variantlar




Dori sarfi

l/ga


10 ta daraxtdagi o’rtacha qurtlar soni, dona

Biologik samaradorlik, kunlar bo’yicha, (%)

Dori sepishdan oldin

Dori sepishdan keyin, kunlar bo’yicha

3

7

14

3

7

14

Nazorat (ishlovsiz)

___

48,5

51,6

51,52

54,44

__

__

__

Donitol, 10% li em.k. (andoza)

1,5

51,0

14,15

13,0

11,20

73,9

76,0

80,4

Bi-58, 40% li em.k.

1,4

51,3

14,42

13,42

13,26

73,6

75,4

76,9

Bi-58, 40% li em.k.

1,6

51,4

14,15

13,20

12,0

74,1

75,8

79,2

Bi-58, 40% li em.k.

1,8

54,6

9,6

7,6

5,2

83,5

86,9

91,5

Jumladan 10% em.k. Donitol gektariga 1.5 litr hisobidan sarflanganida 3, 7 va 14 kunlardagi natijalari tegishli ravishda 73,9, 76,0 va 80,4% biologik samadorlik aniqlandi. Би-58 preparati 1,8 litr sarf meyorida qo’llanilganda Donitol ga nisbatan yuqori biologik samadorlikni ko’rsatib, 14-kundan keyin 91,5% biologik samadorlikga erishildi.



Xulosa

1. Meva bog’larida 10 ta daraxtdagi zararkunandalar soni o’rtacha 48,5–54,6 donani tashkil qiladi.

2. Tajribada 40% li em.k. Bi-58 (yangi) preparati gektariga 1,4 va 1,6 litr miqdorda qo’llanilganda 14 kundan keyin 76,9 va 79,2% biologik samaradorlikga erishildi.

3. Olma qurtiga qarshi 40% li em.k. Bi-58 (yangi) preparati gektariga 1,8 litr hisobidan qo’llaganda tajribamizdagi eng yuqori samadorlik aniqlanib, u 14 kundan keyin 91,5% ni tashkil qildi.



Foydalanilgan adabiyotlar

1. Aytimov I, Toreniyazov T.E. Miywe ag’ashlarinda rawajlanatug’ın zıyankes tu’rleri.- TDAUNF. “Diyxanshılıqtın rentabelligin ko’teriwde ilimiy izertlewlerdin’ ornı: mashqalalar ha’m onı sheshiw jolları” atamasındag’ı ilimiy–a’meliy konferenciya materialları.-No’kis: Farma Print Nukus, 2015.- B.105-107.



2. Topvoldiyev T, Raximov M. Olma qurtiga qarshi kimyoviy preparatlarning biologik samaradorligi//Agrokimyo himoya va o’simliklar karantini”. – Toshkent,2018.-№4.- B. 20-21.

  1. Xo’jaev Sh.T. Insektitsid, akaritsid, biologik faol moddalar va fungitsidlarni sinash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar (II-nchi nashr).-Toshkent: «KOHI-NUR» MCHJ bosmaxonasi, 2004.-B.37-38.

  2. Xo’jaev Sh.T., Xolmurodov E.A.Entomologiya, qishloq xo’jalik ekinlarini himoya qilish va agrotoksikologiya asoslari.-Toshkent:Fan va texnologiya, 2014.– B. 283-330.



ҚАТНАСЫЎШЫ АНКЕТАСЫ

ФИШ:

Утепбергенов А.Р.

Жөнелиси:

2-секция. Өсимликлерди қорғаў

Тезис атамасы:

Olma qurtiga qarshi piretroidli preparatlarning biоlogik samaradorligi

Жумыс орны ҳәм мәнзили:

ТашМАУ НФ Агрохимия, өсимликлерди қорғаў ҳәм карантини кафедрасы

Лаўазымы:

Кафедра доценти

Илимий дәрежеси ҳәм атағы:

А.х.и.к., доцент


ФИШ:

Атажанов Б.

Жөнелиси:

2-секция. Өсимликлерди қорғаў

Тезис атамасы:

Olma qurtiga qarshi piretroidli preparatlarning biоlogik samaradorligi

Жумыс орны ҳәм мәнзили:

ТашМАУ НФ Өсимликлерди қорғаў (усуллар бойынша) қәнигелиги магистри

Лаўазымы:

-

Илимий дәрежеси ҳәм атағы:

-

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling