{number}-son Umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-onasi (qonuniy vakili) o‘rtasidagi shartnoma


II. DMTTNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI


Download 24.4 Kb.
bet2/6
Sana17.02.2023
Hajmi24.4 Kb.
#1206351
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shartnoma

II. DMTTNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
3. DMTT quyidagi huquqlarga ega:
DMTT xodimlarining qonuniy huquq va manfaatlarini, qadr-qimmati va qiziqishlarini himoya qilish;
Vazirlik tomonidan tasdiqlangan “Ilk qadam” Davlat ta’lim dasturi asosida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq o‘z o‘quv dasturini ishlab chiqish;
Tarbiyalanuvchini oilaviy muhitda tarbiyalash bo‘yicha tegishli takliflar berish, uning qonuniy vakillari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
Bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan kelishuv asosidagi to‘lov evaziga maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturidan tashqari qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, dam olish kunlari yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish;
Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion faoliyatda ishtirok etish;
DMTT ustavida belgilangan tartibda qonuniy vakilning istagi hamda tarbiyalanuvchining yoshini inobatga olib ularni guruhga taqsimlash;
Tarbiyalanuvchi kasal bo‘lganda yoki tibbiy ko‘rikda uning kasalligi aniqlanganda DMTT tibbiyot xodimi tomonidan kunlik filtratsiyadan o‘tkazilganda tarbiyalanuvchining sog‘ligi bo‘yicha DMTTda bo‘lishini taqiqlovchi hollar yuz berganida uni vaqtincha DMTTga qabul qilishni rad etish;
Qonuniy vakil tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi ,shu jumladan to‘lovni shartnomada belgilangan miqdorda hamda mazkur shartnomaning 9-bandida ko‘rsatilgan muddat o‘tgach ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmagan taqdirda qonuniy vakil bilan tuzilgan shartnomaning amal qilinishini to‘xtatish va tarbiyalanuvchini DMTTga kelishini cheklash;
Qonuniy vakilning tegishli ruxsatisiz tarbiyalanuvchini boshqa shaxslarga berib yuborishni rad etish;
DMTT qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
4.DMTTning majburiyatlari:

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Ma’muriy reglamentiga muvofiq berilgan yo‘llanmalar asosida tarbiyalanuvchini DMTTga qabul qilish;


bolaning DMTTda bo‘lishi vaqtida uning sog‘ligi va hayotini asrash hamda har tomonlama rivojlanishi tarbiyalanishi va ta’lim olish bilan bog‘liq zarur va xavfsiz sharoitlarni yaratish;
bolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini oilaga o‘z xalqining milliy tarixiy madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni atrof muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish; tarbiyalanuvchining jismoniy ruhiy va aqliy rivojlanishini ta’minlash uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
har bir bolaga uning o‘z qobiliyatlariga qarab individual yondoshishni ta’minlash bola huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish;
nizolarni hal qilishda avvlambor bolaning manfaatlariga asoslanish;
bolaning qonuniy vakiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
DMTT kuzatuv kengashining to‘liq faoliyat olib borishini ta’minlash;
o‘quv ta’lim tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va sog‘ligiga doir xususiyatlarni hisobga olib maktabgacha ta’limning tegishli sifat daraja va hajmga muvofiqligini ta’minlash;
DMTT pedagog kadrlari tomonidan odob axloq qoidalariga qat’iy rioya qilinishi hamda bolaning va uning qonuniy vakilining huquq va sha’ni qadr qimmatini hurmat qilinishini ta’minlash;
bolaga ta’lim berish va uni tarbiyalash masalalari bo‘yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar berish;
maktabgacha ta’lim sifati ta’minlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashish;
tarbiyalanuvchiga birinchi tez tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish davolovchi profilaktik tadbirlarni o‘tkazish (reja asosida profilaktik emlash yillik tibbiy ko‘rik o‘tkazilishini tashkil qilish va boshqalar);
belgilangan sanitariya qoidalari normalari va gigiena normativlariga muvofiq xavfsiz sifatli va sog‘lom ovqatlanishni tashkil qilish va ta’minlash;
Qonuniy vakildan yoki tegishli ruxsati bo‘lgan shaxslardan tarbiyalanuvchini qabul qilish va unga topshirish;
Tarbiyalanuvchiga tegishli narsa va buyumlarni to‘laligicha saqlash;
Qonuniy vakilga DMTT faoliyatiga doir ma’lumotlarni taqdim qilish (DMTT ustavi kun tartibi ta’lim tarbiya dasturlari va uslublari) ;
DMTTda o‘zgartirilgan tartib va boshqa holatlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish;
DMTTning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin;
DMTTda tarbiyalanuvchi ehtiyoji va turli maqsadlarni vaj qilib qonuniy vakildan majburiy tarzda pul yig‘ish va moddiy qimmatliklar olib kelishni talab qilish ta’qiqlanadi.

Download 24.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling