{number}-son Umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-onasi (qonuniy vakili) o‘rtasidagi shartnoma


Download 24.4 Kb.
bet5/6
Sana17.02.2023
Hajmi24.4 Kb.
#1206351
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shartnoma

V. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
13. Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan holatlarda, ular O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
VI. SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH

14. Taraflar shartnomani o‘zgartirish va bekor qilishni mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollarda va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi mumkin.


15. Shartnoma bajarilishini bir taraflama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir taraflama o‘zgartirishga faqat qonun hujjatlariga asosan yo‘l qo‘yiladi.


VII. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

16. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan holda ikki nusxada tuzilib, taraflar tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.


17. Mazkur shartnomaga kiritilgan barcha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar yozma ravishda tuzilib, taraflar imzolagan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
18. Ushbu shartnoma bo‘yicha nizolar kelib chiqqan taqdirda, taraflar, qoidaga ko‘ra, ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.
19. Taraflar o‘rtasida o‘zaro hal qilinmagan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida hal qilinadi.
20. Mazkur shartnomada ko‘zda tutilmagan holatlar amaldagi qonunchilik tartibida hal etiladi.
VIII. FORS-MAJOR HOLATLARI
21. Taraflar shartnomani fors-major holatlari, ya’ni engib bo‘lmaydigan kuch, favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar tufayli majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa, javobgar bo‘lmaydilar.
22. Sodir bo‘lgan fors-major holatlari to‘g‘risida taraflar bir-birlarini zudlik bilan yozma yoki og‘zaki tartibda xabardor qilishi shart.
23. Mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati engib bo‘lmaydigan kuch holatlarini davomiyligini hisobga olib shartnomani amal qilish muddatini uzaytirishlari mumkin.
IX. YAKUNIY QOIDALAR
24. Mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va 2026 yilning 31-may kuniga qadar amal qiladi.
25. Mazkur shartnoma o‘zbek tilida bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan holda ikki nusxada tuziladi, bir nusxasi DMTTda, ikkinchi nusxasi qonuniy vakilda saqlanadi.



Download 24.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling