Nuqsonli bolalar bilan idividual ishlash
Download 11.85 Kb.
|
Islomova Nargiza maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
NUQSONLI BOLALAR BILAN IDIVIDUAL ISHLASH Fargona viloyati Bag’dod tumani 53-maktab psixologi Islomova Nargiza Annotatsiya: Ushbu maqolada jismoniy nuqsoni bor bolalar bilan olib boriladigan individual –profilaktik ishlar haqida ma’lumot beriladi. Kalit so’zlar: jimoniy nuqsonlar,tortinchoqlik,psixologik suhbat, “qiziqarli mashg’ulot”, “Zina” testi, o’quvchining “Men”i. Har kim o’z badanining tabibi bo’lishi kerak. Maqol Jismonan kuchli va tirishqoq insonlarda sog’liq qadrini boshqalardan ko’ra ertaroq va teranroq anglash xususiyati kuchli rivojlangan. Chunki ular badanni chiniqtirish ruhiyatning ma’nan o’sishiga, barkamol bo’lishga xizmat qilishini yaxshi bilishadi. Zotan, jismonan baquvvat bo’lish “Sog’ tanda-sog’lom aql’’ naqlining birlamchi shartidir. Lekin hayotda shunday insonlar borki, ular ota- onasining yo’l qo’ygan xatolari uchun bir umr jismonan zaif, nuqsonli bo’lib qoladi. Bu esa psixologik jihatdan bolaning jamiyatda yakkalanib qolishiga, tortinchoq, kamgap, hissiyotlarga beriluvchan bo’lib qolishiga olib keladi. Jismoniy va ruhiy nuqsoni bor bolalar bilan ishlash alohida vaqt va mehnat talab etadi. Shunday bolalar borki ularda faqat jismoniy nuqson bo’lib, ruhiy jihatdan rivojlangan bo’ladilar. Ularni jismoniy nuqsoni borligi sabab yuzaga kelgan tortinchoqligi o’zidagi iste’dodni namoyish qilishga to’sqinlik qiladi. Bunday o’quvchilar bilan oila, maktab, maktab psixologi hamda davolovchi shifokor bilan birgalikda ish olib borish zarur. Jismoniy nuqsoni bor bolalar bilan quyidagicha ish olib boorish maqsadga muvofiq bo’ladi: 1. Psixologik suhbat. Bunda o’quvchining ichki dunyosi va qiziqishlari hisobga olingan holda o’quvchi bilan shunchaki suhbatlashish mumkin. Bu jarayonda o’quvchi bilan do’stona, xuddi tengdoshidek muloqot qilinsa, o’quvchida o’ziga ishonch paydo bo’ladi, kayfiyati ko’tariladi va muloqatchanlik darajasi ortadi. O’z fikrini erkin, dadil bildira oladi. Suhbat jarayonida uning qiziqishlari ham aniqlab olinadi. 2. Qiziqarli mashg’ulot. Mashg’ulotni o’tkazishdan avval psixologik suhbat asosida qiziqishlarini aniqlab oldik, endi shu qiziqish asosida mashg’ulotni davom ettiramiz. Masalan, o’quvchi bilan yil fasllari mashqini o’tkazamiz. O’quvchiga yil fasllari aks ettirilgan rasm ko’rsatiladi. O’quvchi rasmda tasvirlangan faslning nomini topadi va unga ta’rif beradi, so’ngra har bir faslda bo’ladigan tabiat mo’jizalarini his qilgan holda harakatli mashqlar bilan ko’rsatib beradi. Bunga qo’shimcha holda fasllardan birini tanlab, shu asosida rasm chizish topshiriladi. O’quvchi chizgan rasm orqali uni harakteri va tasavvurlarini aniqlash mumkin bo’ladi. 3. Mustaqil topshiriq. Bunda o’quvchiga uyga mustaqil bajarishi uchun topshiriq beriladi. Topshiriqda “Zina” testidan foydalanish mumkin. “Zina” testi. Maqsad: boladagi o’ziga bo’lgan ishonchni aniqlash. Bunda o’quvchiga 10 ta zinani chizib, bu zinalarga oila a’zolarini joylashtirish topshiriladi. Psixolog zinalarni doskada chizib ko’rsatib beradi. Mashqni o’quvchi uyda mustaqil bajarib keladi. O’quvchi o’zini nechanchi zinada joylashtiriga qarab o’quvchiga baho beriladi. “Zina” testini baholash: 1-3 zina o’ziga past baho berish. 4-7 zina o’ziga adekvat baho berish. 8-10 zina o’ziga yuqori baho berish. Metod 1-4 sinfgacha bo’lgan bolalarda o’ziga bo’lgan ishonchni aniqlash testidir. Bu test orqali bola o’zidagi imkonyatlarni hozirgi ahvolini aniqlab yetadi. Real “Men” bilan, maqsad qo’yganda paydo bo’lgan “Men”iga o’zini solishtiradi. Real ichki “Men’”i bilan orzusidagi “Men”ining mos kelishi bolaning ruhiyatidagi kuchni ifodalaydi. Bolaning o’ziga ishonchi o’z resurslariga katta baho berish ota- ona tomonidan ortiqcha maqtovlar sababli bo’layotgan bo’lishi mumkin. Resurslariga past baho berish esa ota- ona tomonidan bolaga past nazar bilan qarash orqali bo’lishi mumkin. O’quvchiga ikkala xolat ham noqulaylik tug’diradi. Yuqoridagi mashqlarni bajarish davomida bola doimiy nazoratda bo’lishi va rag’batlantirilib turilishi lozim. Bu esa bolaning ruhiyatiga ijobiy ta’sir etadi va jamiyatda o’z o’rnini topishga bo’lgan ishonchni oshiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari psixologlari uchun yillik ish reja asosida 1-11-sinf o’quvchilari bilan ishlash bo’yicha uslubiy qo’llanma. Toshkent-2020 Obiddin Mahmudov. Farzandnoma. “O’qituvchi” nashriyot – matbaa ijodiy uyi.Toshkent-2020 Umumta’lim fanlari metodikasi” jurnali www.ziyouz.net Download 11.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling