Nurafshon xabarlari
Download 17.31 Kb.
|
Xorij xabarlari 13.03.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daniyada birinchi CO2 saqlash ombori ochildi
- BAAda endi 5 yillik turistik viza beriladi
- Avstraliyada davom etayotgan o’rmon yong’inlari oqibatida hayvonlar nobud bo’lyapti
- AQSHgi qor bo’roni oqbatida 13 kishi vafot etdi
“Nurafshon xabarlari” Informatsion dasturiga Xorij xabarlari 13.03.2023 Kelayotgan asirda Osiyoning ko’pgina megapolislari suv ostida qoladi Iqlim oʻzgarishi va okeanlarning tabiiy tebranishlari oqibatlarini oʻrganuvchimutaxasislarning yangi tadqiqotga koʻra, 2100-yilga borib, Osiyoning baʼzi yirik shaharlari dengiz sathining koʻtarilishi natijasida suv ostida qolishi mumkin. Okean haroratining koʻtarilishi va muzliklarning misli koʻrilmagan darajada tez erishi tufayli dengiz sathi koʻtarilyapti. Nature Climate Change jurnali ham millionlab odamlar uchun bu hodisaning oqibatlari qanchalik dahshatli boʻlishi haqida ogohlantirishlarni taqdim etdi. Bundan tashqari, iqlimshunos olimlarning aytishicha hozirgi kunda Osiyoning sohilboʻyidagi koʻplab megapolislari allaqachon suv toshqini xavfi ostida qolyapti, tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, avvalgi tahlillar dengiz sathining koʻtarilishi va tabiiy okean tebranishlari natijasida yuzaga kelgan suv toshqini xavfini yetarlicha baholagan bo’lsada, hozirgi tahlillarga ko‘ra Filippin poytaxti Manilada keyingi asrda faqat iqlim oʻzgarishi tufayli qirgʻoq boʻylab suv toshqini oʻtmishdagiga qaraganda 18 barobar koʻp boʻladi. Shuningdek, AQSH va Avstraliyaning gʻarbiy qirgʻoqlari boʻylab dengiz sathi ham koʻtariladi. Shu bilan birgalikda, milliy okean va atmosfera maʼmuriyatining yanvar oyidagi hisobotida aytilishicha, okean harorati oʻtgan yili barcha rekordlarni yangilagan va 2021-yilda oʻrnatilgan avvalgi rekorddan oshib ketgan hamda oʻtgan toʻrt yil okeanlar uchun rekord darajadagi eng issiq yil boʻldi. O Mamajonov Daniyada birinchi CO2 saqlash ombori ochildi Daniyada dunyodagi birinchi transchegaraviy CO2 saqlash ombori ochildi. Loyiha doirasida dastlab sanoat jarayonlaridan uglerodni olish, tashish va saqlash texnologiyasidan foydalangan holda Shimoliy dengiz tubidan qariyb 2 kilometr chuqurlikda joylashgan omborga 1,5 million tonna issiqxona gazlari koʻmiladi. Ma’lum qilinishicha, Belgiya va Germaniyada ishlab chiqarilgan CO2 Antverpen-Bryugge portidagi kemalarga yuklanadi va Daniyada koʻmiladi. Bundan tashqari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Kengashi ham global isishga qarshi kurashning mumkin boʻlgan yechimlari komponenti sifatida uglerod omborini yaratishni qoʻllab-quvvatladi. Ammo tanqidchilar mazkur texnalogiya hali sinovdan oʻtmagani uchun uning qay darajada havfsiz ekanligiga shubha bildirishyapti. O Mamajonov BAAda endi 5 yillik turistik viza beriladi Birlashgan Arab Amirliklari 18 yoshgacha boʻlgan bolalari boʻlgan oilalarga mamlakatga bir necha marta kirish imkonini beruvchi 5 yillik turistik vizani rasmiylashtirishga ruxsat berdi. Amirliklarining identifikatsiya, fuqarolik, bojxona va port xavfsizligi boʻyicha federal maʼmuriyati ICP maʼlumotlariga koʻra, viza olish uchun homiylik kafolati talab qilinmaydi. Unga ko’ra, viza egasining mamlakatda boʻlish muddati 1 yil ichida 90 kundan oshmasligi kerak. Agar muddati tugasa, yana bir marta 3 oyga uzaytirilishi mumkin. Yaʼni, eng uzoq muddat - 6 oy. Shu bilan birga, mamlakatda qolish muddatini oʻzgartirish uchun keyingi yilni kutmaysiz. Chunki uning vaqti viza berilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar viza olishni hohlovchi kishi BAAda 1 yil ichida 90 kundan kam boʻlsa, qoʻshimcha kunlar keyingi yilga oʻtkazilmaydi. O Mamajonov Avstraliyada davom etayotgan o’rmon yong’inlari oqibatida hayvonlar nobud bo’lyapti Avstraliyaning janubi-sharqida oʻrmon yongʻinlari maydoni kengayishda davom etmoqda buning oqibatida yuzlab hayvonlar nobud boʻlgan. Shuningdek, Baterst shahri shimolidagi yongʻinda ikkita uy va beshta xoʻjalik binosi yonib ketgan, 400 qoʻy va 300 qoramol nobud boʻlgan. Mamlakat Qishloq yongʻin xavfsizligi boʻlimi, Piramul va Xargreyvs hududlarida bir necha yuzta uy yongʻin xavfi ostida qolayotganligi haqida ogohlantirish berdi. Hozirda yongʻinni oʻchirishga 14 samolyot va 200 nafar oʻt oʻchiruvchi jalb etilgan. Shuningdek, Tambarura va Xargreyvs hududlaridagi uylar va korxonalar elektr energiyasidan uzilgan. O Mamajonov AQSHgi qor bo’roni oqbatida 13 kishi vafot etdi Janubiy Kaliforniyaning San-Bernardino okrugida yuz bergan qor boʻroni oqibatida 13 kishi halok boʻldi. Mamlakat milliy ob-havo xizmati San-Bernardino togʻlarida soʻnggi 30 yil davomida qayd etilmagan qor boʻroni qayd etilganini qor qalinligi 150 sm ekanligini ma’lum qildi. Sinoptiklarning ta’kidlashicha, qor boʻroni tufayli Kaliforniyada fevral oxiridan mart oyining boshigacha misli koʻrilmagan qor yogʻdi. Buning ortidan San-Bernardino okrugida favqulodda holat eʼlon qilindi, chunki togʻ aholisi oʻz uylarida qolib ketgan yoki kuchli qor tufayli uyga kira olmay qolgan. Muallif: O Mamajonov Download 17.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling