Nuraliyev ismoiljon
-mavzu. Qishlоq хo`jаligidа sug`оrish vа suv rеsurslаridаn
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Qishloq xojaligi iqtisodiyoti fanidan mustaqil talim Nuraliyev I
18-mavzu. Qishlоq хo`jаligidа sug`оrish vа suv rеsurslаridаn
fоydаlаnish yo`llаri. Jahon mamlakatlarida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning asosiy manbai- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hisoblanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bugungi kunda dunyo aholisi is’temol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining 20,0 foizda ko`prog`i dengiz, okean va o‘rmon xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelgani holda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hissasiga esa 80,0 foizdan ortiq.XX asrning 50-yillariga qadar barcha mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish hisobiga, ya’ni ekstensiv usullarda rivojlantirishga asosiy e’tibor berilgan. Bugungi kunda esa deyarli barcha mamlakatlarda haydaladigan yerlarning qisqarishi, lalmikor yerlar, yaylovlar va o‘tloqlarning ekologik holatini yomonlashuvi, tuproq eroziyasi hamda sho‘rlanish oqibatida yer tabiiy unumdorligining keskin pasayishi jiddiy muammoga aylandi. Shahar va qishloqlarning «eniga» kengayishi, sanoat ishlab chiqarishi infratuzilmalari va boshqa xizmatlarning rivojlanishi bilan bog‘liq holda yer-suv taqchilligi kuchayib, asosan unumdor yerlar kamaygan. XX asrning 50-yillaridan boshlab dastlab iqtisodiy rivojlangan davlatlar, 80- yillardan esa rivojlanayotgan davlatlar, 90-yillardan esa bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davlatlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ilm-fan yutuqlari asosida texnik-texnologik jihatdan mutlaqo yangi biologiya, genetika, seleksiya yutuqlarini qo‘llash, qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika asoslarini mustahkamlash, kimyolashtirish, irrigatsiya va melioratsiya tuzilmalarini takomillashtirish omillaridan keng sur’atda foydalanish boshlangan. Sug‘orma dehqonchilikning iqtisodiy samarasi lalmikor dehqonchilikka nisbatan 3–3,5 marta yuqori bo‘lishi ko‘p mamlakatlarda sug‘oriladigan yerlarni muttasil kengayishiga olib keldi. Chunonchi, XX asr boshida dunyo bo‘yicha sug‘oriladigan yerlar 40,0 mln gektar bo‘lsa, XX asrning oxirlarida 330,0 mln. gektarga yetdi yoki 8,2 marta o‘sdi. Sug‘orma dehqonchilik Sharq mamlakatlarida juda tez rivojlandi, ayniqsa, Xitoy va Hindistonda mavjud ekin maydonlarining 45,0 foizi sug‘oriladigan maydonlardan iborat bo‘lsa, bu ko‘rsatkich AQSh va Rossiyada bundan ham katta qiymatga tengdir. Birgina O`rta Zarafshon havzasidagi Damxo‘ja suv taqsimlovchi inshoati Samarkand viloyatidagi uchinchi gidroinshoat bo‘lib, Oq-Qoradaryo suv taqsimlovchi inshoatidan 57 km quyida Qoradaryoda kurilgan. Damxo’ja gidrouzeli Qoradaryo daryosida joylashgan, ma’muriy jihatdan u Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumaniga qaraydi. Qoradaryoning shu uchastkasidagi maksimal sarfi, 560 m³/s, tubining nishabligi 0,0027, oqim tezligi 3,5 m/s. Kattaqo’rg’on suv omboriga suv eltuvchi kanalga hamda Miyankal — Xatirchi, Damarik kanallariga kafolatlangan suv chiqarish gidrouzelining asosiy vazifasiga kiradi. Gidrouzel tasarrufidagi sug’oriladigan maydon 49200 ga teng. Damxo‘ja gidrouzeli 1955–1956 yillarda qurilgan va 1956 yildan boshlab foydalanishga topshirildi. Gidrouzelning pasportida uning konstruksiyasi 3- klassli ochiq va to‘siqli temir-betonli, Farg‘ona tipiga mansubligi aytiladi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling