Nuraliyev ismoiljon
-mavzu. Suvdаn fоydаlаnishdа
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Qishloq xojaligi iqtisodiyoti fanidan mustaqil talim Nuraliyev I
- Bu sahifa navigatsiya:
- 133 ming gektar
19-mavzu.
Suvdаn fоydаlаnishdа tеjаmkоr tехnоlоgiyalаr vа uni аmаliyotgа jоriy etish yo`llаri. So‘nggi ikki yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratildi. Davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlanayotganligi natijasida 2020 yilning o‘zida qo‘shimcha 133 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etildi. Biroq, tobora kuchayib borayotgan suv taqchilligi hamda suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoj o‘sib borayotgani qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligini keskin oshirishni talab etmoqda.: Tomchilatib sug‘orish tizimi o‘simlikning suvga bo‘lgan ehtiyojiga teng miqdordagi suvni zarur muddatda uning ildiz qatlamiga yetkazib berishga mo‘ljallangan bosimli sug‘orish tarmog‘idir. Olimlarning ma’lumotlarga ko‘ra, bir sentner paxta hosili olish uchun tomchilatib sug‘orish tizimida egat orqali sug‘orishga nisbatan 1,8-1,9 marta kam suv beriladi. Tomchilatib sug‘orish orqali ekinning ildiz tizimi normal shakllanadi va dalani bir tekisda namlashga erishiladi. Dala qatororalariga ishlov berishga sarflanadigan sarf-xarajat qamayadi. Tomchilatib sug‘orishda avvalo, tuproqda o‘simlik uchun zarur bo‘lgan maqbul namlikni ushlab turishga erishiladi, suvning quyosh yoki shamol ta’sirida bug‘lanishi oldi olinadi, suv o‘simlik ildiz tizimini namlantirish orqali tuproqdagi namlikni eng maqbul darajasini saqlab turadi. Tomchilatib sug‘orish usuli qo‘llanilishi natijasida o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosil berishi uchun optimal sharoitlar yaratiladi, ekin turiga qarab, 80 foizgacha suv tejaladi. u usulni dala sharoitida ishlatish orqali tuproqda qatqaloq paydo bo‘lmaydi va o‘simlikning havo almashinuvi yaxshilanadi, kultivatsiya qilishga ehtiyoj bo‘lmaydi. O‘simlik ozuqa moddalar bilan yaxshi to‘yinadi, tomchilatib sug‘orishda dala emas, yetishtirilayotgan ekin sug‘oriladi.Tomchilatib sug‘orish usulini qo‘llashning asosiy tamoyili suv o‘simlikning faqat ildiziga boradi va o‘simlikning o‘sishini boshqarish imkoniyati yaratiladi. Bunda ekinlar hosildorligini oshirish ko‘rsatkichi 15-30 foizga yetadi. Suvning tashlamaga chiqib ketishini tugatadi va suvdan foydalanish koeffitsiyenti 0,98 gektarga qadar ortadi. Tuproqning tabiiy unumdorligini tiklash va oshirish uchun sug‘orish suvi bilan mineral o‘g‘itlar, mikroelementlar va kimyoviy meliorantlarni dozalangan miqdorda solishga erishiladi. Ko‘p yillik ilmiy tadqiqot ishlarini tahlil qilish orqali tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilinganda paxtadan gektariga 50-55 sentner, makkajo‘xoridan 120-130 tonna poya, 25-32 tonna don, pomidordan 130-140 tonna, (ochiq yerda) issiqxonada 500 tonna, uzumdan 5 tonna, olmadan 60 tonna, kartoshkadan 45 tonna hosil olishga erishiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling