Nuraliyev ismoiljon


-mavzu.Ko`p tаrmоqli fеrmеr хo`jаliklаr fаоliyatini tаshkil


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/39
Sana14.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1198944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Qishloq xojaligi iqtisodiyoti fanidan mustaqil talim Nuraliyev I

5-mavzu.Ko`p tаrmоqli fеrmеr хo`jаliklаr fаоliyatini tаshkil 
etish vа rivоjlаntirish yo`llаri.
Keyingi yillarda qishloq xo`jaligida tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan tadbirkorlik 
shakllaridan biri fermer xo`jaliklaridir. O`zbekiston Respublikasining 2004-yil 29-
avgustda qabul qilingan “Fermer xo`jaligi to`g`risida”gi qonunining 1-
bandida Fermer xo`jaligi o`ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan 
foydalangan holda tovar qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi bilan shug`ullanuvchi 
fermer xo`jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs 
huquqlariga ega mustaqil xo`jalik yuritish subyektidir”, - deb belgilab berilgan. 
Fermer xo`jaliklarida mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`sish sur’atlari 
yuqoriligi ahamiyatga molikdir. Xususan, 2002-2008-yillarda paxta maydoni 302,5 
foizga, don ekinlari maydoni 314,1 foizga o`sgani holda, paxta ishlab chiqarish 
hajmi 375,8 foizga va don ishlab chiqarish hajmi 360,1 foizga o`sganini ta’kidlab 
o`tish joiz. Bulardan tashqari sabzavotlar hajmi 785,8 foizga, poliz hajmi 585,4 
foizga, go`sht ishlab chiqarish 189,2 foizga, sut 185,7 foizga, tuxum 336,6 foizga va 
jun 433,3 foizga oshgan. 2008-yili yaratilgan qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining 
32,6 
foizi 
fermer 
xo`jaliklari 
hissasiga 
to`g`ri 
keldi. 
Fermer xo`jaliklarida asosiy qishloq xo`jaligi ekinlarining hosildorligi ham o`sib 
borgan. Bunga mulkka egalik hissining tiklanganligi, agrotexnik tadbirlarga rioya 
etilgani 
va 
boshqa 
bir 
qator 
omillar 
ta’sirida 
erishilmoqda. 
Masalan, 2002-2008-yillar oralig`ida kartoshka hosildorligi 125,6 foizga, sabzavot 
ekinlari hosildorligi 116,1 foizga, poliz ekinlari hosildorligi 172,1 foizga oshganini 
ko`rish mumkin. Fermer xo`jaliklarida don hosildorligi ham yil sayin yuksalib borib, 
shu davr mobaynida 35,9 sentnerdan 41,0 sentnerga oshgan (3-jadval). 
Respublikamiz hukumati tomonidan fermer xo`jaliklarini rivojlantirish borasida 
amalga oshirilayotgan ulkan tadbirlar natijasida yildan-yilga fermer xo`jaliklarining 
mamlakat agrar tarmog`ida tutgan o`rni mustahkamlanib, yaratilayotgan qishloq 
xo`jaligi mahsulotlari hajmida ularning salmog`i ortib bormoqda 


NURALIYEV ISMOILJON 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling