Nuraliyev ismoiljon
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Qishloq xojaligi iqtisodiyoti fanidan mustaqil talim Nuraliyev I
14-mavzu. Bоg`dоrchilikdа
invеstitsiyalаrni jаlb etish sаmаrаdоrligi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida agrar soha muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda qishloq xo`jaligi sohasida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot tannarhini kamaytirish, yuqori samaradorlikka yerishish va qishloq aholisi turmush darajasini oshirishda moliyaviy mablaqlarning tutgan muqim o`rni tarmoqqa investiyalar jalb etishni taqozo yetadi. Horijiy investitsiyalar uchun qisob va qisobot tizimi samaradorligini oshirish kabi qo`shimcha tadbirlarni amalga oshirish zarur. O`z navbatida qishloq xo`jaligini rivojlantirishda ichki investitsiyalar faoliyatini ham keskin oshirish iqtisodiyotni modernizaciyalash bosqichining asosiy talabi bo`lmoqi zarur. Bugungi kunda respublikamiz fermerlarida ichki investitsiyalarni jalb qilish orhali samarali faoliyat yuritish bo`yicha ijobiy tajribalar to`plangan. Mustaqillik yillarida o`tkazilgan agrar islohotlar davomida qishloqda yangi ho`jalik tuzilmasi shakllandi. Eski tizimdagi davlat va jamoa ho`jaliklari o`rniga, bozor munosabatlariga mos keladigan va qishloq xo`jaligi tarmoqida bozorning ob`ektiv qonunlaridan biri bo`lgan raqobatchilik muhitini tashkil yetish uchun qishloq xo`jaligida teng huquqlarga yega bo`lgan fermer va deqqon ho`jaliklari tashkil yetildi. Ushbu sub`ektlar ko`magida keyingi yillarda bir qator iqtisodiy va miqdoriy yutuqlarga yerishildi. Umuman mamlakatimizda qishloq xo`jaligi mahsulotlari iste`molimiz uchun zarur bo`lganidan ortiq etishtirilmoqda. Shunday ekan, iste`moldan ziyod mahsulotlarni horijiy mamlakatlarga eksport qilishni tashkil yetish va keskin rivojlantirish darkor. Viloyatimizda o`ziga hos shunday qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtiriladiki, ularni qayta ishlash juda mushkul. qovun, tarvuz, sabzi, piyoz va sarimsoqpiyoz shunday mahsulotlar sirasiga kiradi. Bularni uzoq muddat saqlash imkoniyati ham o`ta cheklangan. Shu bois, bunday mahsulotlarning iste`molchilarini horijdan topish lozim. Aks holda ular boy beriladi. Nazarimizda, bunday nohush vaziyatdan chiqishning asosiy yo`llaridan biri qishloq xo`jaligi mahsulotlari sotuvi (realizaciyasi)ning boshharish jarayonlarini takomillashtirish va qishloq xo`jaligi tarmoqiga investitsiyalar (mahalliy va horijiy)ni jalb yetishni jadallashtirishdir. Fikrimizcha, qovun, tarvuz, pomidor mahsulotlari ayni pishgan paytda shimoli harbda joylashgan MDH davlatlari yohud ularning mintahalari bilan hokimliklarimiz yoki ularning ishonchli vakillari to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar asosida mamlakatimizdan jo`natilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini bizda tanqis bo`lgan kurilish yoki tehnika vositalariga ayirboshlashni yo`lga qo`yishlari kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling