Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

Nazorat savollari 
1. Bolalar va o‗smirlar gigiena fanining maqsadi, vazifalari va usullari. 
2. O‗sish va rivojlanish qonuniyatlari.
3. Bolalarni salomatligini belgilovchi antropometrik ko‗rsatkichlar. 
4. Somatometrik ko‗rsatkichlar. 
5. Fiziometrik ko‗rsatkichlar. 
6. Somatoskopik ko‗rsatkichlar. 
7. Umurtqa pog‘onasining tuzulishi. 


256 
8. Yassi tovonlikni aniqlash tartibi. 
9. Yosh davrlari.
10. Bolalarga tibbiy xizmat ko‗rsatilish tartibi. 
11. Bolalar kun tartibining ahamiyati. 
12. Bolalar kun tartibiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar. 
13. Akseleratsiya nima? 
14. Akseleratsiya to‘g‘risidagi nazariyalar. 
 
 


257 
XIII BOB. SHAXSIY GIGIYENA ASOSLARI 
13.1. TERI GIGIYENASI 
Odamning terisi asosiy sezgi organlardan bo‗lib organizm uchun tirik 
qalqon, yuqumli kasal chiqaruvchi mikroblar uchun, to‗siq hisoblanadi. Teri bir 
qancha fiziologik protsesslarni, vazifalarni bajaradi. Terida juda ko‗p miqdorda 
nerv oxirlari joylashgan bo‗lib, ular teriga tashqi ta‘sir qiluvchi yosh qo‗zatuvchi 
omillarni qabul qilib oluvchi birinchi sezgi analizatoridir (teriga tegilgan narsani, 
issiq va sovuqni, og‗riqni sezadi). 
Terida joylashgan nerv oxirlari organizmda ro‗y beradigan fiziologik 
jarayonlari boshqarib turuvchi markaziy nerv sistemasi bilan har tomonlama 
bog‗liqdir. 
Gavda terisi odam organizmini tashqaridan bo‗ladigan fizikaviy va 
kimyoviy agentlari ta‘siridan, mexanik jarohatlardan va mikroblarni kirishidan 
saqlaydi. Terining 1 kv.sm yuzasidan 40000 tagacha mikroorganizmlar bo‗lib 
ularni ko‗plari kasal chaqiruvchi mikroblardir. Shu o‗rinda aytib o‗tish lozimki 
toza, teri unga tushgan mikroblarni o‗ldirish hususiyatiga ega. O‗tkazilgan 
tajribalarni ko‗ratishiga ko‗ra toza teriga sun‘iy ravishda surtilgan qorin tifi mikrob 
10 daqiqadan keyin yo‗q bo‗lib ketadi, ya‘ni toza teri bu mikroblarni o‗ldirib 
yuboradi. 
Teri chiqaruvchi organ sifatida ham ahamiyati katta, bir kecha kunduz 
mobaynida teri orqali o‗pkaga nisbatan 2 marta suv bug‗lari ajratib chiqarildi. 
Odatda terida joylashgan ter bezlari bir kecha kunduz mobynida 600 dan 
900 kub (sm) gacha ter ajratadi, ammo ma‘lum bir sharoitlarda teri orqali 
ajratiladigan suv miqdori 10 litrgacha oshib ketishi mumkin ( issiq fasl, issituvchi 
mikroiqlim) jadal jismoniy mehnat kabilar. Shuning bilan birga ter orqali 
organizmdan natriy va kaliy tuzlari, suvda eruvchi vitaminlar va tuzli zararli 
moddalar chiqarildi. SHu bilan ma‘lum darajada tana haroratini pasaytiradi, tanada 
energiyaning sarflanishini tartibga solib turadi va boshqarishda rol o‗ynaydi.
Tashqi harorat pasayganda tanadan kamroq issiqlik ajralib, harorat ko‗tarilganda 
esa ko‗proq issiqlik ajratiladi. 


258 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling