Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
264 13.2. KIYIM BOSH VA OYOQ KIYIMI GIGIYENASI. Kiyim kechak biz uchun birinchidan ahloqiy ehtiyojni qondirish uchun zarur bo‗lsa, ikkinchi tarafdan nomuvofiq, noqulay havodan asrovchi birdan – bir vosita hisoblanadi. Past harorat, quyosh nurining to‗g‗ridan - to‗g‗ri ta‘siri, qor, yomg‗ir, shamol va boshqalar. Kiyish uchun tavsiya qilingan kiyim kechakdan birinchi navbatda tana haroratini boshqarish va tashqi muhit bilan hamkorliqda organizm uchun mikroiqlim yaratish talablarga javob berishi nazarda tutiladi. Kiyim bosh juda og‗ir va harakatini chegaralamasligi kerak. Bundan tashqari kiyim kechak odamning badanini tashqaridan bo‗ladigan ifloslanishdan saqlashi lozim. Ayrim turdagi kiyimlarga bo„lgan gigiyenik talablar. 1. Ichki kiyimlar badanni turli tashqi qitiqlovchi, qo‗zg‗atuvchi ta‘siridan va turi tuman ifloslanishlardan saqlaydi. 2. Ichki kiyimlar issiqni himoya qiluvchi yumshoq, pishiq hamda oq rangda bo‗lishi kerak. 3. Qish fasli uchun yupqa yoqi qanopli matolardan tikilishi kerak. 4. Issiq fasllar uchun viskozali matolardan tikilishi ma‘qul. 5. Kuylaklar- asosan paxta, ipak va sherst matolardan tikilgan bo‗lishi kerak. 6. Kostyumlar - tabiiy asosga ega bo‗lgan jun va sintetik tolalar aralashmasidan tikilgan bo‗lishi kerak. 7.Tashqi muhit sharoitlariga organizmning holati va bajariladigan ishning turi va hususiyatiga mos kelishi kerak. 8. Kiyim boshni umumiy og‗irligi tana og‗irligining 10% gacha miqdorida bo‗lishi kerak. 9. Kiyim boshni tikilishi va bichilishi tana harakatini cheklamasligi kerak. 10. Chang va turli iflosliklardan oson tozalanishi lozim. 11. To‗qilgan yoki tikilgan mato yumshoq, shu bilan birga pishiq bo‗lsin. 12. Estetik talablarga javob berishi kerak. Polimer materiallarning – hozirgi vaqtda kundaliq turmushda plastika va kimyoviy talablar, plyonkalar, emallar, laklar ko‗plab ishlatilmoqda. Bu materiallar ko‗p miqdorda uy- joy va sanoat qurilishlarida, santexnika jihozlarini tayyorlashda, 265 mebel ishlab chiqarishda, oziq-ovqatda ishlatiladigan yangi idishlar, buyumlarni solishda ishlatiladigan qop va yashiklar, kiyim bosh va oyoq kiyimlari tayyorlashda keng ko‗lamda ishlatilmoqda. Polimer materiallari – deganda yuqori malekulali murakkab organik birikmalar tushuniladi. Ko‗pgina kartonlarni olishda asosiy mahsulot sifatida ko‗mir, neft, va tabiiy gaz ishlatiladi. Kiyim bosh tayyorlashda ishlatiladigan su‘niy tolalar sellyuloza asosiy bunyodga keladi ( viskoza , atsetat, triatsetat). Bundan tashqari sintetik poliakrilamid asosida nitron tolalari ham keng ko‗lamda ishlatiladi. Nisbatan kam miqdorda polivinilxlorifen ( xlorin) polipropilenli, polivinil spirti tolalari qo‗llaniladi. Bo‗shliqda harorat 34-37 0 S etar ekan. Havoning harorati pasayishi bilan kiyim osti bo‗shlig‗i harorati ham pasaya borar ekan. Paxtadan to‗qilgan matolardan tikilgan kiyimlar osti bo‗shlig‗idan xarorat 40 0 S dan ham oshib ketar ekan va natijada organizmni issiqlab ketishini vujudga keltirar ekan. Shoyi o‗zidan juda ham issiqlikni o‗tkazadi, shuning uchun badanni sovuq olishdan himoya qiladi. Sintetik gazlamalarda o‗ziga namni olish xususiyati past. SHuning uchun yilning issiq kunlarida sintetik tolalardan tikilgan kiyimlarda odam o‗zining xuddi sovut kiyib olganday his qiladi. Allergik va teri kasalligiga duchor bo‗lgan qariyalar va bolalar sintetik tolalardan tikilgan kiyimlarni kiymasliklari kerak. Sintetik tolasi bor kiyimlarni uzoq vaqt kiyib yurish mumkin emas, balki ularni har quni yuvib turish tavsiya etiladi. Bunday kiyimlarni kir holda ham saqlash mumkin emas, chunki kir tolalarga shimishib qolib, uning rangini va ko‗rinishini o‗zgartirib yuboradi. Oyoq qiyimlariga qo„yiladigan gigiyenik talablar. Oyoq qiyimlari – oyoq kaftini eng qulay holatini ta‘minlashi lozim hamda oyoqni, sovuqdan, namliqdan ifloslanish va jarohatlanishdan saqlashi qeraq, yurgan paytda oyoq panjalari 1,5 sm ga uzunlashib va 1,7 sm ga kengayadi, oyoq kiyimning tovon poshnasi 1,5 sm dan oshmasligi shart, ingichka tor va kalta oyoq kiyimlari oyoq panjalarini o‗zgartiradi. Oyoq kiyimlari tabiiy materiallardan 266 charm, jun va sitetik materiallardan tayyorlanadi. Foydalanishga chiqariladigan oyoq kiyimlarining 63 foizida sintetik materiallar ishlatiladi. Oyoq kiyimlari qanday materialdan va qaysi formada ishlab chiqarilganidan qa‘tiy nazar, shu erning iqlimiga mos kelishi kerak. Issiq iqlim sharoiti uchun oyoq kiyimlarni tagligi charmdan ishlangani ma‘qul. Muomulaga chiqarilgan oyoq kiyimlari kiyish uchun qulay va engil o‗zidan bug‗ni yaxshi o‗tkazuvchan, suvni kam o‗tkazuvchan, kimyoviy jihatdan mustahqam, tez tozalanadigan va iqlimga mos bo‗lishi kerak. Bizga ma‘lumki, odamni oyoq kafti gumbaz yoki kuba shakliga ega va uning asosini va orqa tayanchini tovon suyagi tashkil qilib, old tarafdan 1 va 2 kaft suyakdan va 100 tadan ortiq bo‗g‗indan iborat. Oyoq kaftni gumbaz shaklida tuzilganligi, tana og‗irligi butun kafti barobar taqsimlab, ressora kabi yurishdagi har bir siltovni yumshatib beradi. SHuning uchun kundalik kiyish uchun keng, past poshnali oyoq kiyimi bo‗lishi kerak. Bu holda tana og‗irligi oyoq kiyimiga bir hilda taqsimlanib, yurganda oyoqni charchatmaydi, oyoq panjalari bemalol joylashadi. Ko‗p holda yosh qizlarga va ayollarga ko‗zimiz tushadi, ular baland poshnali, to‗lishig‗i haddan tashqari ingichka va uzun yoki qisqa qilib aytganda ― modadagi tufli kiyganlar‖ buni nimasi yomon? Bunday oyoq kiyimini oyoq panjalarida qadoq paydo bo‗lishi, oyoq barmoqlarini shaklini va joylashishini o‗zgartiradi. Tirnoqlarni noto‗g‗ri o‗sishiga imkon yaratadi va yassi tovonlikni keltirib chiqaradi. Baland poshnali oyoq kiyimi umuman zararli, qachon-ki uni doimo kiyib yurilsa, ayniqsa yosh o‗suvchi organizm uchun, baland poshnali tuflida yurishni qadam tashlashni, omonat qilib oyoq bo‗g‗imlari va oyoq paylari buzilib ketishi hafini tug‗diradi. Bundan tashqari yurganda gavda orqa tomonga tashlanib turadi. Chunki baland poshna siljiydi. Natijada mushaklar o‗ta zo‗riqadi, vaqt o‗tishi bilan gavdani holati ham o‗zgarib, ichki organning siljishiga sabab bo‗ladi. Umurtqa pag‗onasining bel qismidagi egilgan joyi, ko‗piroq egiladi va natijada tazning uzunasiga kesimi kamayadi, xomiladorliqda, tug‗ishda biroz qiyin bo‗ladi. SHuning uchun oyoq kiyimni xarid qilar ekanmiz, o‗zimizni oyoq 267 panjalarining kun davomida uzayib va torayib turishligini yoddan chiqarmasligimiz kerak. Yomg‗irli kunlarda mikropona poshnali ( suv o‗tkazmaydigan ) etiklardan, yozda esa havoni yaxshi o‗tkazadigan sandallardan foydalanish lozim. Xonadon a‟zolari uchun gigiyenik tavsiyalar: 1. Xonadoningizda doimo ozodalik bo‗lishiga harakat qiling. 2. Oila a‘zolaringiz uchun alohida o‗rin-ko‗rpa tuting. 3. Doimo yostiq, ko‗rpa-to‗shak, ko‗rpachalar ustidan choyshablar solinishni odat qiling. 4. Kamida haftada bir marta choyshablarni almashtiring. 5. Oshxona, vanna va hojatxonalarni xar kuni tozalang. 6. Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini (go‗sht, sut va sut mahsulotlari, kremli pishiriqlar va boshqalar) sovutgichlarda saqlang. 7. Suvni qaynatib iching. 8. Meva va sabzavotlarni iste‘mol qilishdan oldin yaxshilab iliq suvda yuving. 9. Axlatlarni qopqog‗i bor idishlarda yig‗ing va yig‗ilgan axlatlarni xar kuni axlatxonaga tashlashga odatlaning. 10. Xonalarga pashshalar kirmasligini oldini oling. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling